Matniyazov Zafarbek Erkinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosli kshifri (ilmiy daraja beriladigan fant armog‘i nomi): «Orolbo‘yi mintaqasi turistik marshrut ob’ektlari arxitektura muhitini tashkil etish tamoyillari» 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/A57.
Ilmiy rahbar: Adilov Zarifjon Himmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Kamol Djalolovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmanov Muradxan Saidmaxmudovich, arxitektura fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “ToshkentboshplanLITI” Davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy Orolbo‘yining turistik salohiyatga ega bo‘lgan hududlarida turistik markazlarni tashkil etish hamda turistik marshrut ob’ektlari arxitektura muhitini shakllantirishning asosiy xususiyatlarini va tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sayyohlik industriyasi dominant omillari etarli bo‘lmagan hududlarda sayyohlarni joylashtirish, ovqatlanish, ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim, madaniy-ma’rifiy, biznes, oilaviy tadbirlar, sport, sog‘lomlashtirish, rekreatsion hududlar, savdo va agroturizm xizmat turlarining samarali kombinatsiyasi asosida turistik markazlar jozibadorligini, tashrif buyurish muddatini, mavsumiyligini ta’minlovchi “turistik oazis”larning funksional-rejaviy tarkibi ishlab chiqilgan;
ob’ektlarning tarixiy qiymati, vizual-estetik jozibadorligi, tashrif buyurish imkoniyatlari va hududda uzoq muddat davomida vaqt o‘tkazish sharoitlari asosida ularning turistik salohiyat darajasini aniqlash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
Qadimgi Xorazm arxeologik yodgorliklari, mahalliy xalqlar etnik madaniyat ob’ektlarining hajmiy-rejaviy, kompozisiyaviy, konstruktiv va bezak uslublarini Orolbo‘yi turistik marshrut arxitektura muhiti ob’ektlarini yaratishda qo‘llash zaruriyati dalillangan;
turistik infratuzilma ob’ektlarining funksional va rejaviy echimlari bo‘yicha “Yurt camp” kemping-o‘tov lageri, “Ovchilar ovuli” majmuasi, “Orol fojeasi” hiyoboni, “Mo‘ynoq” - turistik oazis kompleksi ob’ektlarining konseptual loyiha takliflari ishlab chiqilgan va 3D virtual modellari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yi hududida turistik markazlarni tashkil etish, turistik marshrut ob’ektlari arxitektura muhitini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sayyohlik industriyasi dominant omillari etarli bo‘lmagan hududlarda sayyohlarni joylashtirish, ovqatlanish, ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim, madaniy-ma’rifiy, biznes, oilaviy tadbirlar, sport, sog‘lomlashtirish, rekreatsion hududlar, savdo va agroturizm xizmat turlari kombinatsiyasi asosida turistik markaz jozibadorligini, tashrif buyurish muddatini, mavsumiyligini ta’minlovchi “turistik oazis”ning funksional-rejaviy tarkibi oid xulosalardan Turizm va sport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 4 maydagi 03-16/821-son ma’lumotnomasi). Natijada, turistik hududlar salohiyatini, samaradorligini ko‘tarish hamda sayyohlik markazlarni arxitekturaviy loyihalash nazariyasini kengaytirish va ilmiy boyitish imkoniyati yaratilgan;
turistik infratuzilma ob’ektlarining funksional va rejaviy echimlari bo‘yicha “Yurt camp” kemping-o‘tov lageri, “Ovchilar ovuli” majmuasi, “Orol fojeasi” hiyoboni, “Mo‘ynoq”- turistik oazis kompleks ob’ektlari loyiha takliflari ishlab chiqilgan va 3D virtual modellari asosida yaratilgan video-roliklar Turizm va sport vazirligi tasarrufidagi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport Vazirligining 2021 yil 4 maydagi 03-16/821-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizda turizm arxitekturasini yangi bosqichga ko‘tarish hamda elektron turizmni rivojlantirish imkoni yaratilgan;
Orolbo‘yi turistik marshrut arxitektura muhitini yaratishda Qadimiy Xorazm arxeologik yodgorliklari, mahalliy xalqlar etnik madaniyat ob’ektlarining hajmiy-rejaviy, kompozisiyaviy, konstruktiv va bezak uslublarini qo‘llash tamoyillari, me’moriy ob’ektlarning tarixiy qiymati, vizual-estetik jozibadorligi, tashrif buyurish imkoniyatlari va sayyohlarning uzoq muddat davomida vaqt o‘tkazish sharoitlari asosida ishlab chiqilgan ob’ektning turistik salohiyat darajasini aniqlash metodologiyasi Madaniyat vazirligining loyihalash va ta’mirlash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Madaniy Meros Departamentining 2021 yil 3 maydagi 01-01/BM-716-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy meros boyliklarini saqlab qolish va keng ommaga targ‘ib etilishiga erishilgan, shu bilan birga me’moriy ob’ektning turistik salohiyat darajasini aniqlash metodologiyasi respublikamizning tarixiy va turistik hududlarida yangi arxitektura ob’ektlarini barpo etishda keng foydalanish imkoniyati yaratilgan.