Payziev Dilshat Yuldashbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yarashilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish institutini takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu157.
Ilmiy rahbar: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Karimov Xurshid Akramovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini takomillashtirish hamda yarashuv qo‘llaniladigan jinoyat turlari doirasini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan shaxsiy hayot daxlsizligini buzish jinoyatini (JKning 1411-moddasi) yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish instituti qo‘llaniladigan jinoyat turlari doirasiga kiritishning ijtimoiy zarurati asoslantirilgan;
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini (JKning 1412 -moddasi) yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qo‘llaniladigan jinoyat turi sifatida belgilanishi shaxs manfaatlarini jinoiy-huquqiy vositalar orqali himoyalash darajasini oshirishga xizmat qilishi isbotlangan;
JKning 66 va 661-moddalarida nazarda tutilgan qilmishlarga to‘g‘ri va haqqoniy baho berishda aybdorning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etishni yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishdan asos va shartlariga ko‘ra farqlash lozimligi isbotlangan;
yarashuv uchun etarlicha asoslar bo‘lmagan yoki jinoyat ishi umumiy qoidalar asosida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoxud dastlabki tergovga qaytarilgan hollarda ham mazkur toifadagi jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash, hisobini yuritish va bu boradagi zarur axborotlarni yig‘ish hamda umumlashtirib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan shaxsiy hayot daxlsizligini buzish jinoyatini (JKning 1411-moddasi) yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish instituti qo‘llaniladigan jinoyat turlari doirasiga kiritishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-411-son Qonuni 4-moddasi to‘rtinchi bandi bilan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 661-moddasining birinchi qismini amaldagi tahrirda bayon etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 23 iyundagi 06/1-05/1705 vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi shaxs manfaatlarini jinoiy-huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish  jinoyatini (JKning 1412 -moddasi) yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qo‘llaniladigan jinoyat turi sifatida belgilanishi shaxs manfaatlarini jinoiy-huquqiy vositalar orqali himoyalash darajasini oshirishga xizmat qilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 8 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-548-son Qonunining 1-moddasi ikkinchi bandi bilan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi JKning 661-moddasi birinchi qismini amaldagi tahrirda bayon etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 23 iyundagi 06/1-05/1705 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi shaxsning huquq va manfaatlarini jinoiy-huquqiy vositalar yordamida kafolatlashni kuchaytirish imkonini yaratgan;
JKning 66 va 661-moddalarida nazarda tutilgan qilmishlarga to‘g‘ri va haqqoniy baho berishda aybdorning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etishni yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishdan o‘zaro asos va shartlariga ko‘ra farqlash lozimligiga doir tavsiya hamda xulosalardan IIV Akademiyasi o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan “Kurs ugolovnogo prava Respubliki Uzbekistan. Tom II. Obshhaya chast`. Uchenie o nakazanii” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i,  394-255 raqamli guvohnomasi). Ilmiy xulosalarning joriy etilishi oliy ta’lim muassasalari kursant va talabalari, izlanuvchilari va amaliyot xodimlarining yarashuv bilan bog‘liq qilmishlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga doir bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
yarashuv uchun etarlicha asoslar bo‘lmagan yoki jinoyat ishi umumiy qoidalar asosida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoxud dastlabki tergovga qaytarilgan hollarda ham mazkur toifadagi jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash, hisobini yuritish va bu boradagi zarur axborotlarni yig‘ish hamda umumlashtirib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 4 apreldagi 3//20//11-121-18//2//01-02/22-29-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jinoyatlarni, ularni sodir etgan shaxslarni, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar hamda sudning protsessual qarorlarini hisobga olish tartibi to‘grisidagi yo‘riqnoma”ning 32-bandi va 54-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 5 maydagi 33/02-05/1349-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar hamda sudning protsessual qarorlarini hisobga olish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                