Dusmuxamedova Nargiza Noufarbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning rivojlanishi va takomillashtirish muammolari», 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar)..
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu363.
Ilmiy rahbar: Yakubov Shuhrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Eshmuhammad Omonturdievich, yuridik fanlar doktori; Isxakova Laviza Fuatovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bola huquqlari tushunchasi zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil etilgan va metodologik jihatdan chuqur tadqiq etgan holda mualliflik ta’rifi shakllantirilgan;
bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari bo‘yicha huquqiy normani qonunga kiritish zarurati asoslangan;
mahkuma ayollarga voyaga etmagan bolalari bilan uzoq muddatli uchrashish huquqinita’minlashga xizmat qiluvchi huquqiy normani Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritish zarurati ilmiy asoslab berilgan;
mahkuma ayollarning uch yoshga to‘lmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan bo‘sh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda bo‘lishga huquq beruvchi normani qonunga kiritish zarurati ilmiy asoslab berilgan;
Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) faoliyatini qonun asosida huquqiy tartibga solish zarurati ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning rivojlanishi va takomillashtirish muammolari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bola huquqlari tushunchasi zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil etilgan va metodologik jihatdan chuqur tadqiq etgan holda “bola huquqlari – bu inson huquqlarining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, insonning o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan davrida foydalanadigan xulq-atvor qoidalarining yig‘indisidir” deya dissertatsiya doirasida shakllantirilgan mualliflik ta’rifi «Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik va DXX organlari vakolatiga tegishli jinoyatlarning umumiy-huquqiy tavsifi» nomli darslikni ishlab chiqishda inobatga olingan (Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati Akademiyasining 2021 yil 14 iyuldagi 28/5967-son ma’lumotnomasi). Ushbu ta’rif bola huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirishda, ta’lim berish faoliyatini samarali tashkil etishda xizmat qilgan.
davlat tomonidan bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlanishiga, bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishiga oid takliflar «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 10-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 27 dekabrdagi 05/1-07-301-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish bola huquqlarini ta’minlashga oid davlatning majburiyatlarini qonunda aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
mahkuma ayollarga voyaga etmagan bolalari bilan bir yil ichida to‘rt marta, muddati besh sutkagacha bo‘lgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada saqlanayotganlarga esa, ishdan bo‘sh vaqtda muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda berilishi zarurligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 130-moddasining ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2020 yil 10 avgustdagi 33-son ma’lumotnomasi). Ushbu qoidaning qonunga kiritilishionasi jazoni ijro etish muassasida saqlanayotgan bolalarga ular bilan ko‘proq uchrashish, muayyan muddat birga yashash imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan;
mahkuma ayollarning uch yoshga to‘lmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan bo‘sh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda bo‘lishga haqliligi, uni qonun aks ettirish zarurligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 132-moddasining ikkinchi qismiga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va havfsizlik masalalari qo‘mitasining 2020 yil 10 avgustdagi 33-son ma’lumotnomasi). Ushbu qoidaning qonunga kiritilishi onasi jazoni ijro etish muassasida saqlanayotgan bolalarga huquqlarini ta’minlash, xususan, ularning jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirilishiga va o‘z onasi bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishiga xizmat qilgan;
Bola huquqlari himoyasi bo‘yicha yangi institut hisoblangan Bolalar ombudsmani faoliyatini qonun asosida huquqiy tartibga solishga oid takliflardan «O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakilning 2021 yil 2 martdagi 02-07/140-son ma’lumotnomasi). Ushbu Qonunning qabul qilinishi Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini qonun darajasida huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan.