Xolmirzaev O‘tkirbek Paxlavonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy va chet el korporativ huquqida nazorat qiluvchi shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu478.
Ilmiy rahbar: Nurillo Fayzullaevich Imomov, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.  
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Jaxongir Inomovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi nazorat qiluvchi shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi masalalari, ushbu javobgarlikning huquqiy tabiati, kelib chiqishi asoslari va uning korporativ huquqning prinsiplari bilan mutanosibligi, javobgarlik hajmlari, isbotlash standartlari va mexanizmlarini ingliz va kontinental Evropa huquqining rivojlangan huquq-tartibotlari va milliy huquq bilan qiyoslagan holda nazariy-doktrinal va amaliy jihatdan tadqiq etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayrim nazorat qiluvchi shaxslarning (jamiyat direktori, kuzatuv kengashi a’zosi, jamiyat boshqaruvi a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi) o‘z fidusiar majburiyatlarini buzganlik, aynan chalg‘ituvchi axborot yoki bila turib yolg‘on axborot taqdim etganlik, belgilangan axborot taqdim etish tartibini buzganlik, javobgarlik belgilanishi asoslab berilgan; 
ayrim nazorat qiluvchi shaxslar (jamiyat direktori, kuzatuv kengashi a’zosi, jamiyat boshqaruvi a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi)ning jamiyat va aksionerlar oldida jamiyatga zarar etkazilishiga sabab bo‘lgan yirik bitimlarni va (yoki) amalga oshirilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan bitimlarni tuzishni taklif etganlik, shu jumladan jamiyat bilan bunday bitimlar tuzilishi natijasida o‘zlari yoki o‘z affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitimlar tuzishni taklif etganlik uchun javobgarligini belgilash asoslab berilgan;
agar ayrim nazorat qiluvchi shaxslar (boshqaruv organlari, qarzdorning muassisi (qatnashchisi) yoki mulkdori) tomonidan qarzdorning bankrotligi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ularni sodir etish paytida mavjud bo‘lgan bozor shartlariga va ish muomalasi odatlariga muvofiq bo‘lmagan xatti-harakatlar yoki bitimlar sodir etilgan bo‘lsa bu holat qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi hamda tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishi asoslab berilgan;
yuridik shaxs nomidan ish olib boradigan shaxslar, yuridik shaxs boshqaruv organlari a’zolari va ularga majburiy ko‘rsatma berish imkoniyatiga ega shaxslar fidusiar majburiyatlari mazmuni hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi, Fuqarolik kodeksidan (48-moddasi) ta’sischining yuridik shaxs qarzlari bo‘yicha javobgarligi shartlarining noto‘g‘ri tarkibi chiqarib yuborilishi zaruriyati asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Milliy va chet el korporativ huquqida nazorat qiluvchi shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari majburiyatlari bo‘yicha javobgarligiga oid olingan ilmiy natijalar asosida: 
ayrim nazorat qiluvchi shaxslar (jamiyat direktori, kuzatuv kengashi a’zosi, jamiyat boshqaruvi a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi)ning jamiyat va aksiyadorlar oldida fidusiar majburiyatlarini buzganda, xususan, chalg‘ituvchi ma’lumot yoki bilib turib yolg‘on ma’lumot taqdim etilganda, axborot taqdim etishning qonunda belgilangan tartibi buzilganda zarar etkazganlik uchun javobgarligini o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» Qonuni 81-moddasi 6-qismiga O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 5 oktyabrdagi O‘RQ-640-sonli «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonuni bilan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 28 dekabrdagi 25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi nazorat qiluvchi shaxslarning noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlik uchun jamiyat va aksionerlar oldidagi javobgarligi kuchaytirilishini ta’minlashga imkon bergan;
ayrim nazorat qiluvchi shaxslar (jamiyat direktori, kuzatuv kengashi a’zosi, jamiyat boshqaruvi a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi)ning jamiyat va aksionerlar oldida jamiyatga zarar etkazilishiga sabab bo‘lgan yirik bitimlarni va (yoki) amalga oshirilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan bitimlarni tuzishni taklif etganlik, shu jumladan jamiyat bilan bunday bitimlar tuzilishi natijasida o‘zlari yoki o‘z affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitimlar tuzishni taklif etganlik uchun javobgarligini o‘rnatish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» Qonuni 81-moddasi 6-qismiga 2020 yil 5 oktyabrdagi O‘RQ-640-sonli «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 28 dekabrdagi 25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi nazorat qiluvchi shaxslarning xo‘jalik jamiyati manfaatlariga qarshi bitim tuzganlik uchun jamiyat va kreditorlar oldidagi javobgarligi kuchaytirilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
qarzdorning boshqaruv organlari, ta’sischi (ishtirokchi) yoki qarzdor mulkdori tomonidan ular sodir etilishi paytida bozor sharoitlari va ish muomalasi odatlari (g‘ayrihuquqiy harakatlar)ga mos kelmaydigan harakatlar sodir etilishi yoki bitimlar tuzilishi qarzdorning bankrotligi vujudga kelishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bu holat qasddan bankrotlik asosi sifatida tan olinishi, tegishli nazorat qiluvchi shaxsning yuidik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha javobgarligiga asosi bo‘lishi haqidagi taklifdan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari (Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan)ning 35-bandi 1-xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 apreldagi 231-sonli «Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qarori bilan  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi 12/21-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi nazorat qiluvchi shaxslarning bankrotlikka olib kelganlik uchun yuridik shaxslar majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi belgilanishini ta’minlashga hamda nazorat qiluvchi shaxslarning cheklangan javobgarlikni suiiste’mol qilishining oldi olinishini ta’minlashga imkon bergan;
yuridik shaxs nomidan ish olib boradigan shaxslar, yuridik shaxs boshqaruv organlari a’zolari va ularga majburiy ko‘rsatma berish imkoniyatiga ega shaxslar fidusiar majburiyatlari mazmuni hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi Fuqarolik kodeksidan (48-moddasi) ta’sischining yuridik shaxs qarzlari bo‘yicha javobgarligi shartlarining noto‘g‘ri tarkibi chiqarib yuborilishi zaruriyati haqidagi takliflar Fuqarolik kodeksning yangi tahriri loyihasining 56, 60-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 martdagi 12/21-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi yuridik shaxs va uning kreditorlarini yuridik shaxs boshqaruv organlari a’zolari (masalan, direktor) va nazorat qiluvchi ishtirokchilarining noqonuniy harakatlaridan himoya qilishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish