Nuralieva Mukaddas Ma’murovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektron tijoratda moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1363.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urazaliev Kamoliddin Tajikulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron tijoratda moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida to‘lov xizmatini tijoratlashtirish jarayonida nisbiy ustunlik, foydalanishdagi ishonchlilik, xavf-xatarlar, nazorat omillarini ta’siri orqali sof foydani 1,2 barobar oshirish  asoslangan;
merchant akkaunt yaratish va ekvayring tizimini joriy qilish orqali tijorat banklarida mehnat sarfini 10,5 foizga kamaytirish hamda to‘lov siyosatini optimallashtirish asoslangan; 
sug‘urta kompaniyalarning elektron tijoratning biznes jarayonlarini boshqarishda autsorsingdan foydalanish orqali transaksiya xarajatlarini 13,2 foizga kamaytirish asoslangan;
sug‘urta kompaniyalarida elektron tijoratni qo‘llash asosida mijozlarni indentifikatsiyalash jarayonini tartib-tamoyillarini soddalashtirish orqali moliyaviy yo‘qotishlarni oldini olish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektron tijoratda moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tijorat banklarida to‘lov xizmatini tijoratlashtirish jarayonida nisbiy ustunlik, foydalanishdagi ishonchlilik, xavf-xatarlar, nazorat omillarini ta’siri orqali sof foydani 1,8 barobarga oshirish bo‘yicha taklif “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan joriy qilinayotgan to‘lov tizimini tijoratlashtirish mexanizmini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining 2020 yil 11 noyabrdagi 01-33/2731-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida bank faoliyatida yangi to‘lov servisini joriy qilishda asosiy omillar aniqlangan va ularni optimallashtirishga erishilgan, ushbu jarayonda mijozlarni fikri inobatga olinib va yangi innovatsion-diffuziya modeli amaliyotda ilk marotaba qo‘llanilgan.  Natijada, 2020 yilning 9 oyi davomida bank daromadlari 2019 yilning shu davriga nisbatan 3,9 mlrd. so‘mga oshgan va sof foyda 2019 yilning shu davriga nisbatan 82 foizga o‘sib, 5,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
merchant akkaunt yaratish va ekvayring tizimini joriy qilish orqali tijorat banklarida mehnat sarfini 10,5 foizga kamaytirish hamda to‘lov siyosatini optimallashtirish bo‘yicha taklifi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan to‘lov siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining 2020 yil 11 noyabrdagi 01-33/2731-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bank amaliyotida ekvayring tizimini joriy qilish orqali marchant akkauntlarini ochish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan, to‘lov operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirishga va mehnat sarfini 10,5 foizga pasaytirgan holda bank harajatlarini 12 foizga qisqarishiga erishilgan;
sug‘urta kompaniyalarning elektron tijoratning biznes jarayonlarini boshqarishda autsorsingdan foydalanish orqali transaksiya xarajatlarini 13,2 foizga kamaytirish bo‘yicha taklifi “Alskom” sug‘urta tashkiloti aksionerlik jamiyati tomonidan sug‘urta xizmatini ko‘rsatish jarayonida foydalanilgan (“Alskom” sug‘urta tashkiloti aksionerlik jamiyatining 2021 yil 16 iyundagi 09-916-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida sug‘urta tashkiloti faoliyatida biznes jarayonlarni amalga oshirishda IT - autsorsing xizmatlaridan foydalanish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Natijada, 2020 yil davomida 2019 yilga nisbatan transaksiya xarajatlari 13,2 foizga kamaytirilgan;
sug‘urta kompaniyalarida elektron tijoratni qo‘llash asosida mijozlarni indentifikatsiyalash jarayonini tartib-tamoyillarini soddalashtirish orqali moliyaviy yo‘qotishlarni oldini olish bo‘yicha taklifi “Kapital sug‘urta” sug‘urta tashkiloti aksionerlik jamiyati tomonidan tahlil jarayonida foydalanilgan (“Kapital sug‘urta” sug‘urta tashkiloti aksionerlik jamiyati ning 2021 yil 15 iyundagi 01/1253-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida  elektron tijoratni amalga oshirishda mavjud moliyaviy yo‘qotishlar bo‘yicha anderrayting jarayoni sifatli va operativligi oshirilgan va sug‘urta qilish mexanizmi optimallashtirilgan, shuningdek 2019 yilning yakuni bo‘yicha sug‘urta tashkilotining harajatlari 1,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2018 yilning  mos davriga nisbatan 15,5 foizga kamayishi kuzatilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish