Usmonova Laylo Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy osiyo miniatyura san’atining romantik va estetik xususiyatlari” 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari (estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal377.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Akilova Kamola Boltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo miniatyura san’atining vorisiylik an’analarini va zamonaviy paradigma tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo miniatyura maktablarining sevgi-muhabbat, tabiat go‘zalligini aks ettiradigan asarlar (romantik yo‘nalish) va turmush manzaralarini aks ettiradigan asarlar (janrli yo‘nalish) syujetlar tanlovi bilan emas, balki badiiy talqini (interpretatsiyasi) orqali aniqlangan estetik tamoyillari romantik dunyoqarash (go‘zallik bilan singdirilgan inson his-tuyg‘ularini ulug‘lash) bilan uyg‘un ekanligi asoslangan;
Markaziy Osiyo miniatyura san’atida «badiiy obraz» tushunchasi tabiat va inson, inson va me’moriy inshootlar orasidagi uyg‘unlikni ko‘rsata olishda, tasvir etayotgan manzaralarning jozibadorligida, kompozisiya barcha unsurlarining o‘zaro mutanosibligida, ranglarning jozibadorligi va boyligida, ramziy ifoda va tasvirlar makonining bepoyonligida kabi falsafiy mushohadalarga asoslanganligi ochib berilgan;
Markaziy Osiyo tasviriy san’atida Hirot, Samarqand, Buxoro va Toshkent miniatyura maktablarining umumiy (mavzu, mazmun, mohiyat – olam va odamga nisbatan romantik va yuqori ma’naviy munosabat) va alohida (uslub, shakl, rang) jihatlari uslubiy birlikning rivojlangan “shaxsiy”, individual asosda shakllanishi ekanligi hamda ularning asarlariga xos emotsional boylik va yaxlitlik shu bilan izohlanishi asoslangan;
estetik ideal kontekstida miniatyura san’atining murakkab, yaxlit, konkret-hissiy va badiiy uslublarining ko‘p qatlamli mohiyati, mumtoz san’at, modernizm va postmodernizmning sinxron va diaxron tarixiy dinamikasi kesimida aksiologik, uzviy, ko‘p bosqichli va paradigmal jihatlari  ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo miniatyura san’atining romantik va estetik xususiyatlarini tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
Markaziy Osiyo miniatyura maktablarining estetik tamoyillari romantik dunyoqarash (go‘zallik bilan singdirilgan inson his-tuyg‘ularini ulug‘lash) ekanligi hamda miniatyura san’atida «badiiy obraz» tushunchasining tahlili, ramziy ifoda va tasvirlar falsafiy mushohadaga asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-163 raqamli «Demokratik jarayonlarda  «o‘zbek modeli» ning konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari»  amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 89-03-76-son ma’lumotnomasi). Natijada demokratik islohotlarda jamiyat ma’naviy hayotining istiqbollarini belgilash imkoniyatini bergan;
yosh avlod estetik tarbiyasida o‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish, Markaziy Osiyo tasviriy san’atida Hirot, Samarqand, Buxoro va Toshkent miniatyura maktablarining umumiy va alohida jihatlarining tizimlashtirilishiga doir xulosalardan muzeylar fondlarini madaniy boyliklar bilan muntazam to‘ldirib, e’lon qilib borish, muzey kolleksiyalarini tadqiq qilishni kuchaytirish va targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 01-12-10-2810 – son dalolatnomasi). Natijada, shaxs estetik didining shakllanishi, xalq, millat, inson uchun zarur bo‘lgan qadriyatlarga hurmat va e’tiborning kuchaytirilishi, yoshlarda badiiy ijod haqidagi bilimlarning oshishiga xizmat qilgan; 
estetik ideal kontekstida miniatyura san’atining murakkab, yaxlit, konkret-hissiy va badiiy uslublarining aksiologik va paradigmal jihatlarida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 17 iyundagi 02/07-570-son dalolatnomasi). Natijada,  xududlarda «Ma’naviyat festivali»ni o‘tkazish dastur ssenariylarini tuzishda nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
miniatyura san’atining vujudga kelishi va genezisi, Markaziy Osiyo miniatyura maktablari estetik tamoyillarining romantik dunyoqarash kesimida o‘rganilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi «Respublika yosh olimlar Kengashi» nodavlat notijorat tashkilotining 2020 yilda belgilangan ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan rejalarni tadbiq qilishda va targ‘ibot materiallarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 18 iyundagi 03-05/16-son dalolatnomasi). Natijada, miniatyura san’atini vujudga kelishi va rivojlanishi bosqichlarini ilmiy jihatdan o‘rganilishi hamda bugungi kunda yoshlar orasida milliy merosimizga bo‘lgan munosabatni shakllantirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalari 2020 yil mart oyida tashkil etilgan «Audiokutubxona.uz» loyihasi materiallarini tayyorlashda xizmat qilgan. 
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                