Murtazaeva Feruza Rashitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Hozirgi «ayollar nasri» ning badiiy o‘ziga xosligi (Viktoriya Tokareva va Zulfiya Qurolboy qizi asarlari misolida)», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1150.
Ilmiy rahbar: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Cho‘ponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX-XXI asrlar oralig‘i rus va o‘zbek adabiyotida yaratilgan hozirgi «ayollar nasri»ning badiiy xususiyatlarini Viktoriya Tokareva va Zulfiya Qurolboy qizi ijodi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
har ikkala ijodkor “ayol nasri” namunalarining asosiy kompozision texnikasi montaj, kompozisiya psixologizmi, ichki monologlar, o‘zini-o‘zi qadrlash, ideolekt, ideografiya, avtokonsept kabi mualliflik xususiyatlarining umumlashtirilgan shakllari orqali amalga oshirilishi aniqlangan; 
V.Tokareva nasrining janriy xususiyati qisqalik, aniqlik, ekspresivlik, vaziyatlilik, kompozisiyaning soddaligi bilan xoslangan latifa va masal tarkibiy qismlarining sintezi bilan, Z.Qurolboy qizi asarlarining janriy tamoyili realizm, romantizm, modernizm, postmodernizm, tasavvuf elementlari aks etgan epik va dramatik usullar sintezi bilan belgilanishi asoslangan;  
har ikkala muallif ijodining funksional-g‘oyaviy mushtarakligi zamonaviy «ayol nasri»ning badiiy-estetik paradigmani, dunyoni badiiy  (poetik, estetik, janriy) modellashtirishni, ikki «dunyo»: optimizm va pessimizm, faollik va passivlik, qurbonlik va xudbinlik to‘qnashuvini, har xil mentalitet, yondashuvlarni voqelantirish bilan shartlanganligi asoslangan;   
V.Tokareva ijodining  avtokonsepsiyasi va metaforik-poetik tamoyil bilan yo‘g‘rilgan ironiya (piching), aforistik urg‘u, hodisalar tavsifida dinamiklik, intertekst (matnaro) o‘yini kabi,  Z.Qurolboy qizi ijodining badiiy avtokonsepsiyasi esa psixologizm, peyzaj eskizlari, muallif kayfiyatining tabiat bilan uyg‘unligi, kompozision texnikada antiteza (qarama-qarshilik) singari uslubiy vositalar orqali ta’minlanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX-XXI asrlar oralig‘i hozirgi rus va o‘zbek adabiyoti «ayollar nasri» qiyosiy tahlillari jarayonida erishilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
o‘rganilgan asarlarda realizm, romantizm, modernizm, postmodernizm, tasavvuf tamoyil va usullari, epos va dramaning o‘zaro sintezi, dramatik to‘qnashuvlarning epik asarlardagi qahramonlarning hissiy tajribalarida kuzatilishi bilan bog‘liq xulosalardan F1-XT-0-19919 «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni» mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2965-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallarining ilmiy qarashlar, yangicha adabiy an’analar doirasidagi yondashuvlar bilan boyitilishiga erishilgan;
«ayol nasri»da ayollarning dunyoga bo‘lgan maxsus qarashlari, ularning hayot haqidagi falsafasi, badiiy adabiyotda ayollar dunyosi, axloqiy masalalar, jamiyatning qadriyat koordinatalari, oila barqarorligini rag‘batlantiruvchi omillarni shakllantirishga doir xulosalardan «Buxoro» telekanalida «Jamiyatda zamonaviy ayol mavqei» mavzusidagi «Adabiy muhit» teledasturini tayyorlash va efirga uzatishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 martdagi 1/84-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning rus va o‘zbek adabiyotidagi «ayollar nasri»ning zamonaviy vakillari haqidagi tasavvurini kengaytirishga erishilgan; 
hozirgi «ayol nasri» rus badiiy adabiyotida turfa janrlar, uslubiy, g‘oyaviy va tematik doirasi bilan ajralib turishi, murakkab dinamik hodisa ekanligi, ayollar hikoyachiligida chuqur sezgirlik, keng intuisiya, teran falsafiylikning yetakchi ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan Rossiya rus madaniyat markazida «Rus tili va adabiyotini o‘qitishning yangi texnologiyalari» ilmiy-amaliy seminari doirasida tashkil etilgan «Rossiya va O‘zbekiston zamonaviy adabiyotida «ayollar nasri» ma’ruzasini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniyati markazining 2020 yil 14 sentyabrdagi 02-62-son ma’lumotnomasi). Natijada «ayol nasri», «ayollarning dunyoni idrok etishi», «ayol obrazlarining tipologiyasi» kabi mavzu bilan bog‘liq tushunchalarni ilmiy muomalaga kiritishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish