Ishanjanova Munosibxon Saidahmadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Makon”ni ifodalovchi deyktik birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi (fransuz va o‘zbek tillaridagi matnlar tahlili misolida)”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1152.
Ilmiy rahbar: Nabieva Diloro Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02. 
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor;  Axrorova Ro‘zixon Usmonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi fransuz va o‘zbek tillarida makonni ifodalovchi deyktik birliklarni chog‘ishtirish orqali umumiy va o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makon deyksisining mazmuniy, shakliy, grammatik va pragmatik talqinlari shakllantirilgan hamda uning makon referensiyasida Loc–lokativ, DS–direktiv-start, DF–direktiv-finish, TrLoc–translokativ harakatning hosil bo‘lish vektorida turli o‘zgaruvchan makonlarni ifodalash xususiyatlari ochib berilgan;
fransuz va o‘zbek tillarida makonni ifodalovchi deyktik birliklarning makon semantikali gaplardagi idrok doirasidagi makon/idrok doirasidan tashqari makon, aniq/noaniq makon, ma’lum/noma’lum makon, ko‘rinarli/ko‘rinarsiz makon, uzoq/yaqin makon kabi struktur-semantik modellari aniqlangan; 
o‘zbek tilida darak gaplarda ekzistensial so‘z, so‘roq gaplarda diktal so‘roq va fransuz tilida buyruq gaplarda aniq artikl va determinantlarning deyktik ma’no kasb etishi, darak gaplarda ular nodeyktik ma’noga egaligi hamda har ikki tilda o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar  havola bo‘laklarining deyktik ma’no bildirishi dalillangan; 
makonni ifodalovchi deyktik birliklarning fransuz va o‘zbek matnlaridagi endoforik va ekzoforik bog‘lovchi sifatida qo‘llanib, birlamchi va ikkilamchi deyksisni hosil qilishi, anafora va katafora kabi uslubiy shakllarining matnlarda qo‘llanilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillarida makonni ifodalovchi birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
fransuz va o‘zbek tillarida makon ifodalovchi deyktik birliklar yuzasidan berilgan ilmiy va nazariy fikrlardan A-1-126 raqamli «Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 oktyabrdagi 89-03-3890-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar til komponentligini shakllantirish masalalarida makon ifodalovchi deyktik birliklarning ishora ma’nosi, ularning matn tarkibidagi o‘rni, fransuz va o‘zbek tillarida so‘zlarning deyktik tabiati, muloqot madaniyati va nutq uslublariga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
xorijiy tillarni fanlararo bog‘liqlikda o‘qitish maqsadida musiqa yo‘nalishi talabalarining o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuv ko‘nikmalarini integratsiyalashgan usulda rivojlantirishga qaratilgan  “Manuel de français” o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-112 raqamli guvohnomasi). Natijada fransuz va o‘zbek tillaridagi makon ifodalovchi deyktik birliklardan kasbga yo‘naltirilgan matnlarda unumli foydalanish, shuningdek, og‘zaki va yozma nutqda ularni qo‘llay olish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
makon deyksisining mazmuniy, shakliy, grammatik va pragmatik talqinlari shakllantirilgan hamda uning makon referensiyasida Loc–lokativ, DS–direktiv-start, DF–direktiv-finish, TrLoc–translokativ harakatning hosil bo‘lish vektorida turli o‘zgaruvchan makonlarni ifodalash xususiyatlari bo‘yicha olingan xulosalardan Fransiyaning O‘zbekistondagi  elchixonasi tomonidan 2020 yil  14-16  mart kunlari  Toshkent shahridagi  Frankofoniya bayrami  doirasida  har yili tashkil  etiladigan   o‘quvchilar  va talabalarning  fransuz tilidagi  teatr  va  qo‘shiqlar  festivali uchun  sahna ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan  (Fransiyaning O‘zbekistondagi  elchixonasining 2020 yil  7 sentyabrdagi  ma’lumotnomasi). Sahnalashtirilgan  «L’Arbre Citoyen»   spektaklida fransuz tilida makonni ifodalovchi «Donc, si je pars de ce principale là,  si cultives mal ton potager, tu vas te mettre à genoux devant lui?,  Là, je suis quand-même en traine de faire mon mea-cupla. J’ai réduit la température de chez moi.,  Autour de moi il n’y a que le chaleur, le vent, le sel et le sable un grand désèrt avec les bateaux qui navigueront jamais....,  Vois – tu?!,  Là c’est quand-même une performance.,  Tu n’es pas coupable, ouiiii regarde là !!!!» kabi deyktik birliklar qo‘llanilgan, natijada, tilning ishora birliklari sahnalashtirilgan spektaklning ta’sirchan bo‘lishiga, tomoshabinlarda spektaklga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirishga xizmat qilgan;
makonni ifodalovchi deyktik birliklarning fransuz va o‘zbek tillarida  ifodalanishi, o‘ziga xos va farqli jihatlarini ommabop nutqimizda nafaqat so‘zlovchiga, balki tinglovchiga nisbatan ham ta’sir ko‘rsatishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar”  muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va tarqqiyot”, “Fan ufqlari” nomli radioeshittirishlari tayyorlashda foydalanilgan  (“O’zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining 2021  yil  4 martdagi  O’z/k-1-24-21-con ma’lumotnomasi). Natijada keng qo‘llaniluvchi, ommabop makonni ifodalovchi deyktik belgilar fransuz va o‘zbek tillarida shakllanishining o‘ziga xos o‘xshash va farqli jihatlarini yoritib borish kabi amaliyotlarda manba sifatida tadbiq etilgan. 
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                