Abduvalitov Nurjan Buranovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jahon adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1631.
Ilmiy rahbar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Farida Oktamovna,  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishning pedagogik (maqsadga yo‘naltirilganlik, mantiqiy izchillik) va psixologik xususiyatlari o‘quvchilarning individual-tipologik sifatlari (motivatsiya, intilish, qaror qabul qilish) rivojini e’tiborga olgan holda  aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jahon adabiyoti namunalarini  o‘qitishnining ilmiy metodik asoslari adabiy ta’lim tamoyillari (pedagogik hamkorlik, hayot bilan aloqadorlik, ma’naviyat ustuvorligini ta’minlash)ga amal qilish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishda didaktik o‘yin texnologiyalari (syujetli-rolli o‘yinlar), biografik, izlanish, tadqiqot, loyiha, sinkveyn, “Pops formulasi” kabi ta’lim metodlaridan foydalanishning fundamental va pragmatik yo‘llari takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishda milliy va xorij adabiyoti an’analari sintezini o‘zida mujassam etgan badiiy asarlarni qiyoslash metodi imkoniyatlari orqali yozuvchi ijodining dunyo adabiyotidagi g‘oyaviy qimmatini belgilash, badiiy sintez, uyg‘unlik va individual mahorat qirralarini ochish mexanizmi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jahon adabiyotini o‘qitish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishning pedagogik va psixologik xususiyatlari o‘quvchilarda maqsadga yo‘naltirilganlik, mantiqiy izchillik, motivatsiya, ehtiyoj, intilish, qaror qabul qilish kabi individual-tipologik jarayonlarni rivojlantirishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5147-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv dasturlari va darsliklar mazmuni o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, ilmiylik, uzviylik va uzluksizlik, janriy xilma-xillik tamoyillarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni jahon adabiyotining yorqin namunalari bilan yaqindan tanishtirib borishga oid takliflardan O‘zbeksiton Respublikasi qozoq milliy madaniy markazi tomonidan 2017-2019 yillarda bajarilgan 56-01/30 raqamli “Millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, birdamlikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini oshirishga ko‘maklashish” mavzusidagi  amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil, 20 apreldagi 14-77-774 son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari hamda ta’lim oluvchilarda dunyo xalqlari adabiy jarayonining birligi, turli davr va makonda yashagan adiblar ijodi, mavzu va janr takomili yuzasidan bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish