Masharipova Nasiba Ro‘zmatovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharq xalqlari pedagogik tafakkurida o‘zlik tarbiyasining didaktik vositalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.3.PhD/Ped303. 
Ilmiy rahbar: Safarova Rohat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bahtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq xalqlari pedagogik tafakkurida ifodalangan o‘zlik tarbiyasiga oid didaktik vositalarni aniqlash hamda ulardan ta’lim amaliyotida foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq xalqlari pedagogik tafakkuridagi shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqatga erishish, “ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”, hushyorlik, inson – oliy qadriyat va barkamol shaxsni shakllantirish konsepsiyalariga tayanib o‘quvchilarda o‘zlikni anglashning qarashlarni qiyoslash, dalillarni refleksiyalash, fikrlarni faollashtirish kabi bosqichlari mavjudligi asoslangan;
ta’lim-tarbiya jarayonida tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan pedagogik-psixologik yondashuvlar (qalb va ruh tarbiyasi, suvrat va siyrat birligi, vujud pokligi, hurfikrlilik, ruh latifligi, yaratuvchanlik, haqiqatni anglashga intilish)ning o‘quvchi-yoshlarda o‘zlikni anglash hissini shakllantirishdagi imkoniyatlari suvoralar, hikmatlar, hadislar, rivoyatlar, pandnomalar, maqollar kabi didaktik vositalar hamda suhbat, dialog, tahlil, badiyaxonlik, improvizatsiya, kitobxonlik metodlarini izchillikda qo‘llash asosida rivojlantirilgan; 
o‘quvchilarda o‘zlikni anglash hissini shakllantirish jarayonida Sharq xalqlari pedagogik tafakkuri mahsuli bo‘lgan asotirlar, afsonalar, toshbitiklar, hadislar, hikmatlar, maqomlar, suvoralar, fol`klor musiqasi, dostonlar, ertaklar, maqollar kabi didaktik vositalardan foydalanish mexanizmlari refleksiyaga tayanish asosida takomillashtirilgan; 
“Ajdodlar merosi vositasida o‘quvchi-yoshlarda o‘zlikni anglash hissini shakllantirish modeli” shaxsning bilish faoliyati, ma’naviy ehtiyojlarini hisobga olish, madaniy dunyoqarashini boyitish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan. 
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq xalqlari pedagogik tafakkurida o‘zlik tarbiyasining didaktik vositalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
Sharq xalqlari pedagogik tafakkuridagi shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqatga erishish; “ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”; hushyorlik; inson – oliy qadriyat va barkamol shaxsni shakllantirish konsepsiyalari, o‘quvchilarda o‘zlikni anglash hissini shakllantirish jarayonida Sharq xalqlari pedagogik tafakkuri mahsuli bo‘lgan asotirlar, afsonalar, toshbitiklar, hadislar, hikmatlar, maqomlar, suvoralar, fol`klor musiqasi, dostonlar, ertaklar, maqollar kabi didaktik vositalarga oid yondashuvlardan F1-XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyiha (2012-2016 yy.) doirasida yaratilgan “Pedagogika” ensiklopediyasining III jildini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 89-04-2446-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi-yoshlarda o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan pedagogik-psixologik yondashuvlar – qalb va ruh tarbiyasi, suvrat va siyrat birligi, vujud pokligi, hurfikrlilik, ruh latifligi, yaratuvchanlik, haqiqatni anglashga intilish didaktik vositalar va metodlarni izchillikda qo‘llash imkoniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchi-yoshlarda o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan pedagogik-psixologik yondashuvlar (qalb va ruh tarbiyasi, suvrat va siyrat birligi, vujud pokligi, hurfikrlilik, ruh latifligi, yaratuvchanlik, haqiqatni anglashga intilish) va tasavvuf ilmidagi pedagogik g‘oyalarning o‘quvchi-yoshlarda o‘zlikni anglash hissini shakllantirishdagi imkoniyatlariga oid takliflardan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyiha doirasida yaratilgan “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga singdiriladigan Sharq pedagogik tafakkuri durdonalari vositasida o‘quvchi-yoshlarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari” nomli metodik qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 89-04-2446-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda o‘zlikni anglashning qarashlarni qiyoslash, dalillarni refleksiyalash, fikrlarni faollashtirish, aksiologik tafakkurni rivojlantirish samaradorligini oshirilishiga xizmat qilgan;
Sharq xalqlari pedagogik tafakkuri namunalari vositasida o‘quvchi-yoshlarda shaxsning bilish imkoniyatlari, ehtiyojlarini hisobga olish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga doir ilmiy-metodik tavsiya, ishlanmalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliyotida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 89-04-2446-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda o‘zlikni anglash hissini shakllantirish jarayonida Sharq xalqlari pedagogik tafakkuri mahsuli bo‘lgan asotirlar, afsonalar, toshbitiklar, hadislar, hikmatlar, maqomlar, suvoralar, fol`klor musiqasi, dostonlar, ertaklar, maqollar kabi didaktik vositalardan foydalanish mexanizmini aniqlashga xizmat qilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                