Boqiev G‘ulomjon Ochilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim turlari orasida uzviylikni ta’minlash texnologiyasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped601.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Fayzullaeva Gulchexra Sharipboevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy hamda malaka oshirish ta’lim turlari orasida uzviylikni ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari va texnologiyasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oliy hamda malaka oshirish ta’lim turlarining uzviyligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy tuzilmaviylik, funksional mutanosiblik, asoslilik, ilmiylik kabi omillar ichki va tashqi bog‘lanishlarning mantiqiy ketma-ketligi, ijtimoiy buyurtma, ta’lim natijalari, motivatsion yo‘nalganligini belgilash asosida aniqlangan;
umumkasbiy fanlar va kasbiy faoliyat mazmuni uzviyligi kontekstida pedagogik kompetentlilikni rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, refleksiv va tanqidiy baholash kabi didaktik imkoniyatlari oliy hamda malaka oshirish ta’limi o‘quv jarayonlari komponentlarining o‘zaro mos elementlari o‘quv-me’yoriy, ishtirokchilar tayyorgarligi, o‘quv faoliyati mazmunini integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarining integrallashgan o‘quv predmetlari uzviyligini ta’minlashning talabni aniqlash, axborotni tanlash, me’yorlashtirish, baholash mezonlari asosida ta’lim uzviyligining tashkiliy-kommunikativ, kasbiy-intellektual pedagogik paradigmalari mazmuni aniqlashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassis ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy ta’minot fanlararo aloqadorlik hamda mavzulararo gorizontal va vertikal kesishuv amaliyoti, kasbiy tayyorgarlik darajalarini mustaqil ravishda axborotli, faoliyatli va novatorlik kabi baholash parametrlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy hamda malaka oshirish ta’lim turlari orasida uzviylikni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
oliy ta’lim bosqichlari hamda malaka oshirish ta’limining uzviyligiga ta’sir etuvchi omillar (ijtimoiy tuzilmaviylik, funksional mutanosiblik, asoslilik, tajriba, ilmiylik kabi), Davlat ta’lim standartlari va Davlat talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmunining mantiqiy ketma-ketligi, texnologik echimi, motivatsion yo‘naltirilganligi tahliliga oid takliflari pedagogika tayyorlov yo‘nalishi uchun “Pedagogik mahoratni rivojlantirish strategiyalari” fanining o‘quv-uslubiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3617 – son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika va psixologiya tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarining integrallashgan tashkiliy-tuzilmasi, uzviylashgan o‘quv predmeti mazmunini tizimlashtirish bosqichlari (talabni aniqlash, axborotni tanlash, me’yorlashtirish, baholash) ga oid takliflari asosida “Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat”, “Pedagogik texnologiya”, “Qiyosiy pedagogika” o‘quv modullari bo‘yicha uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3617 – son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari oliy ta’limning “Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;  
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari, oliy ta’lim bosqichlari hamda malaka oshirish ta’limi uzviyligini ta’minlash yo‘nalishlari, o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish, fanlararo aloqadorlik hamda mavzulararo gorizontal va vertikal kesishuv amaliyoti, kasbiy tayyorgarlik darajalarini mustaqil ravishda baholash mezonlariga oid tavsiyalari oliy ta’limning “Pedagogik riskalogiya”, “Pedagogikaning dolzarb masalalari”, “Pedagogik faoliyatga kirish” fanlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Pedagogik mahoratni rivojlantirish strategiyalari” fanini fanlararo aloqadorlik vositasida o‘qitish bo‘yicha elektron va o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3617 – son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron va o‘quv qo‘llanmalar oliy hamda malaka oshirish ta’lim turlari jarayonida kasbiy motivatsiyani shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish