Aripova Zuxra Djaxangirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Misrning XIII-XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida Abbosiy xalifalarning o‘rni”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tar163. 
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Ahadjon Ahmadjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Munavvarov Zohidullo Inomxodjaevich, siyosiy fanlar doktori, professor; Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlari doktori, akademik; Agzamova Gulchexra Azizovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Misrning XIII-XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida Abbosiy xalifalarning tutgan o‘rnini aniqlash orqali mamluklar davridagi siyosiy vaziyat, madaniy hayot va ularga Markaziy Osiyo an’analarining ta’sirini ochib berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Mamluklar siyosiy harakati, ularning madaniyati va urf-odatlari, marosimlarida Qohiradagi Abbosiy xalifalarning o‘rni yuqori darajaga etib, xalifalar Misrdagi mamluk sultonlarining hukmronligini legitimlashtirish (qonuniylashtirish)ga xizmat qilgani ochib berilgan;
turkiy sulola vakillaridan Ahmad ibn To‘lun Qohiraga Abbosiy xalifa Mu’tamidni chaqirganida, uning ukasi Ahmad al-Muvaffaq qarshiligiga uchragani sababli,  undan keyin  Muhammad ibn Tug‘j Ixshid xalifa Muttaqiyni taklif qilganida,  Abbosiy xalifa bu taklifni rad etgani bois Abbosiylar xalifaligini Misrga ko‘chirish haqidagi reja amalga oshmay qolganligi aniqlangan; 
amirlar ichida mamluk sultonlarining Abbosiy xalifalarni taxtdan chetlatishlariga qarshi chiqib, sultonlarga raddiya berishgacha borgan amirlar ham bo‘lganligi isbotlab berilgan;  
1250-1382 yillarda Misrda  hukmronlik qilgan  bahriy (turkiy) mamluk sultonlarining (سلاطين المماليك البحرية) mintaqaga ta’siri yuqori bo‘lganidan saroy va mamluklar orasida turkiy tilning qipchoq va o‘g‘uz shevasida  muloqot qilingan va arab-turkiy lug‘atlari, grammatikaga oid asarlar yaratilgan hamda 1382-1517 yillarda Misrda burjiy (cherkes, kavkazlik) mamluklari hukmronligi davrida ham turkiy til o‘z o‘rnini muomala tili sifatida saqlab qolgani dalillangan;
mamluk sultonlari hukmronligi davrida, ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni yuqori bo‘lib, Sultonlarning rafiqalari davlat boshqaruviga ta’sir o‘tkazgan va mamlakat g‘aznasiga asosiy tushumlarni keltiruvchi bug‘doydan olinadigan soliq turini Sulton an-Nosir Muhammadning xotini malika To‘g‘oy savdogarlar manfaatini himoya qilgan holda bekor qilishga erishgani aniqlangan; 
Misr mamluklari davrida aholi  etti toifaga bo‘linib, unda  birinchi toifa – yuqori lavozimdagi kishilar, ikkinchi toifa – yirik savdogarlar, uchinchi toifa – sotuvchilar, to‘rtinchi toifa – dehqonlar, beshinchi toifa –  faqih va talabalar, oltinchi toifa – hunarmandlar, ettinchi toifa esa  kambag‘al-bechoralarga bo‘lingani, yuqori darajadagi toifalarda mamluklar bo‘lganligi  ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Misrning XIII-XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida Abbosiy xalifalarning o‘rniga oid tarixiy manbalarni tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar asosida: 
mamluklar siyosiy harakatida, ularning madaniyati va urf-odatlari, marosimlarida Misrda Abbosiy xalifalarning o‘rni yuqori darajaga etib, xalifalar Misrdagi mamluk sultonlarining hukmronligini legitimlashtirish (qonuniylashtirish)ga xizmat qilgani haqidagi ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida “O‘rta asr sharq allomalari” ensiklopediyasida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 24 iyundagi 02/168-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom tarixi va manbashunosligiga oid manbalarni jamiyatga etkazishning nazariy-metodologik usullari bilan birga, Osiyo va Afrika davlatlarining fani, madaniyati, dini va ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid tadqiqotlarda foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan; 
1250-1382 yillarda Misrda  hukmronlik qilgan (سلاطين المماليك البحرية) bahriy (turkiy) mamluk sultonlarining mintaqaga ta’siri yuqori bo‘lganidan saroy va mamluklar orasida turk tilining qipchoq va o‘g‘uz shevasida  muloqot qilingan va arab-turkiy lug‘atlari, grammatikaga oid asarlar yaratilgan hamda 1382-1517 yillarda Misrda burjiy (cherkes, kavkazlik) mamluklari hukmronligi davrida ham turkiy til o‘z o‘rnini muomala tili sifatida saqlab qolgani haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 9 dekabrdagi 377/20-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo xalqlari urf-odat va an’analari, tili Misrda XIII-XV asrlarda mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar soha mutaxassislari bilimlarining oshishiga xizmat kilgan; 
Turkiy sulola vakillaridan Ahmad ibn To‘lun Qohiraga Abbosiy xalifa Mu’tamidni chaqirganida, uning ukasi Ahmad al-Muvaffaq qarshiligiga uchragani sababli,  undan keyin  Muhammad ibn Tug‘j Ixshid xalifa Muttaqiyni taklif qilganida,  Abbosiy xalifa bu taklifni rad etgani bois Abbosiylar xalifaligini Misrga ko‘chirish haqidagi reja amalga oshmay qolganligi  haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun mo‘ljallangan “Islom tarixi”, “Islom madaniyati va san’ati tarixi”, “Dinshunoslik qomusiy lug‘ati”ning yaratilishida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 22 dekabrdagi 650-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda berilgan ma’lumotlar talaba-yoshlarda ilmiy-nazariy bilimlarni kengaytirish hamda ular intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilgan;
amirlar ichida mamluk sultonlarining Abbosiy xalifalarni taxtdan olib tashlash hamda qatl etishlariga qarshi chiqqib, ularga raddiya berganlari  haqidagi ma’lumotlaridan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Buyuk yurt allomalari”, “Islomda ijtimoiy illatlar muolajasi” kitoblariga mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2021 yil 11 yanvardagi 01-07/05 – son ma’lumotnomasi). Natijada, asli movarounnahrlik bo‘lgan bu sulola davridagi tarixiy jarayonlarni o‘rganish va tadqiq etish Markazning ma’lumotlar bazasini kengaytirish uchun  xizmat qilgan;
mamluk sultonlari hukmronligi davrida ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni yuqori bo‘lib, Sultonlarning rafiqalari davlat boshqaruviga ta’sir o‘tkazgan va mamlakat g‘aznasiga asosiy tushumlarni keltiruvchi bug‘doydan olinadigan soliq turini Sulton an-Nosir Muhammadning xotini malika To‘g‘oy savdogarlar manfaatini himoya qilib, bekor qilishga erishgani haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun tayyorlangan “Manbashunoslik” darsligiga mazmunan singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 15.02.2021 sanadagi 432-raqamli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ushbu darslik asosida Misrda o‘rta asrlarda yozilgan manbalar, ayollarning jamiyatdagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar;
Misrning XIII-XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, unda  Abbosiy xalifalarning o‘rni, Misr mamluklari davrida aholi etti toifaga bo‘lingani haqidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali ijodkorlari tomonidan ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda hamda «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil  28 yanvardagi 02-40-127-son ma’lumotnomasi). Natijalar barkamol avlod tarbiyasidagi diniy va ma’naviy tamoyillarni shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish