Eronov Yoqub Quvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Serebral falaji bor bolalarda tish kariesi kompleks profilaktikasi va davolashni olib borish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1258
Ilmiy rahbar: Mirsalixova Feruza Luqmonovna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Murtazaev Saidmurodxon Saidalloevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sank-Peterburg davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: serebral falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesining kompleks profilaktikasi va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
serebral falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesi kasalligini keltirib chiqaradigan ruhiy holatning buzilishi, og‘iz bo‘shlig‘i patogen mikrofloralar sonining oshishi, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi kabi xavf omillar aniqlangan;
serebral falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesi kasalligini tashhislash, davolash va oldini olishda og‘iz suyuqligining ba’zi biokimyoviy ko‘rsatkichlarining oshishi tish kariesini kelib chiqishidagi bog‘liqliklari aniqlangan;
serebral falaji bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi karies kasalligining kelib chiqishidagi yetakchi omil bo‘lishi asoslangan;
tish kariesini serebral falaji bilan kasallangan bolalarda erta tashxislash, davolash va oldini olish profilaktik chora tadbirlar ishlab chiqilgan;
Kal`mazin dori-vositasining klinik samaradorligini serebral falaji kasalligi bilan kasallangan bolalarda stomatologik kasalliklar va tish kariesini davolashda samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Serebral falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesini erta tashxislash, davolashni klinik asoslash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
miya falaji bilan kasallangan bolalar orasida tish kariesi rivojlanishi va uning davolash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Miya falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesini kompleks davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/610-son ma’lumotnomasi). Natijada miya falaji bor bolalarda tish kariesi kompleks davolash usulli karies kasalligini kamaytirish va asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
miya falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesini erta tashhislash, davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Miya falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesini profilaktik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/609-son ma’lumotnomasi). Natijada serebral falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesini kamaytirish va oldini olishda ona homiladorligidan bolaning o‘smirlik davrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ota onalar motivatsiyasini kuchaytirish hamda karies kasalligi serebral falajli bolalarda kamaytirish imkonini bergan;
serebral falaji bilan kasallangan bolalarda tish kariesini erta tashhislash, davolashni klinik asoslash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Buxoro, Romitan, Vobken, G‘ijduvon va Kogon tumanlari markaziy tibbiyot birlashmalarining stomatologik poliklinikalari amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-d/273-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi serebral falaji bilan kasallangan bolalar orasida stomatologik kasalliklar va tish kariesi rivojlanishi istiqbolini belgilash, parvarish qilish, kasallikni oldini olishni istiqbolini belgilash orqali tish kariesi tarqalishini kamaytirish va asoratlarini oldini olishga imkon bergan.