Safarov Sunnatulla Satorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatitning yiringli-septik asoratlarida differensiallashgan immunoterapiya», 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya, 14.00.27 – Xirurgiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib801
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Mamur Mustafoevich, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Teshaev Oktyabr Ruxillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘tkir pankreatitga chalingan bemorlarda immun tizimi etishmovchiligini aniqlash va yiringli-septik asoratlarni davolashda differensiyalashgan immunoterapiyani asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir pankreatitda immun tizim reaksiyasining kechishi immun tizim javob bosqichiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
og‘ir kechuvchi o‘tkir pankreatit mavjud bemorlarda immun tizimi etishmovchiligi rivojlanishi oqibatida steril pankreatitning yiringli yallig‘lanishiga o‘tishi va keyinchalik yiringli asoratlarning yuzaga kelishi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir pankreatitga chalingan bemorlarda immun tizimi etishmovchiligi sindromi og‘irlik darajasini baholash uchun dastur yaratilgan va steril pankreatitni yiringli-yalig‘lanishga o‘tishini, septik asoratlar rivojlanishi ehtimolini bashoratlash imkonini bergan bo‘lib,  bunda qiyosiy immunoterapiya o‘tkazish lozimligi isbotlangan; 
ilk bor og‘ir kechuvchi o‘tkir pankreatitning erta bosqichlarida ishlab chiqilgan algoritm asosida differensiyalashgan immunoterapiyani o‘tqazilishi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir pankreatitning yiringli-septik asoratlarida differensiallashgan immunoterapiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘tkir pankeatitning yiringli-septik asoratlarini qiyosiy immunoterapiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir pankreatitni kompleks davolashda immun tizimi o‘zgarishlariga asoslangan terapiya» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 8n-r/533son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada yoritilgan o‘tkir pankreatitda immunomodulyator polioksidoniy preparatini qo‘llanilishi davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘tkir pankreatit klassifikatsiyasi qayta tahlillariga asoslangan zamonaviy davolash  bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir pankreatit Atlanta 2012 yil klassifikatsiyasi  qayta tahlillariga asoslangan zamonaviy davolash tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 8n-r/532-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma o‘tkir pankreatitni 2012 yilda Atlanta klassifikatsiyasi asosida davolash strategiyasi yoritilgan va ushbu kasallikni immunoterapevtik bosqichma-bosqich davolashning samarali amalga oshirish imkoni yaratilgan.
o‘tkir pankreatitning yiringli-septik asoratlarida differensiallashgan immunoterapiya bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga jumladan, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Romitan va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmalarining klinik amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 maydagi 08-04/5068-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir pankreatit bilan xastlangan bemorlarni kompleks xirurgik davolashining bevosita natijalari yaxshilanishiga, kasallikning yiringli-septik asoratlari va o‘lim foizining kamayishi, shifoxonada bo‘lish o‘rtacha davomiyligi qisqarishiga va bemorlarning erta ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasiga imkon bergan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                