Ruziev Axtam Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik yarali kolitda jarrohlik amaliyotidan keyingi davrdagi kompleks limfa terapiya», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib987. 
Ilmiy rahbar: Egamov Yuldashali Sulaymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zemlyanoy Vyacheslav Petrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Moskva davlat mediko-stomatologiya universiteti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nospesifik yarali kolit bilan og‘rigan bemorlarning qorin bo‘shlig‘idagi regional gomeokinezni tartibga solishda endomezenterial limfatik terapiyaning limfologik tamoyillaridan foydalangan holda davolash natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba osti hayvonlarda yarali kolit eksperimental modeli yaratilgan va nospesifik yarali kolitda klinik patogenetik o‘zgarishlarni kelib chiqish mexanizmlari aniqlangan;
eksperimental model yordamida oshqozon-ichak tizimida bo‘ladigan patologik o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladigan ichak tutqichi va devorlaridagi  mikrolimfa tomirlaridagi morfologik o‘zgarishlar mikrolimfotsirkulsiyaning ta’sir etishi aniqlangan;
nospesifik yarali kolitni operatsiyadan keyingi davrda kompleks davolashda qo‘llanilgan endomezenterial limfatrop terapiya usulining ichaklar tizimidagi regional gomeokinezni tartibga solishda afzallik tomonlari mavjudligi aniqlangan;
nospesifik yarali kolitni operatsiyadan keyingi davrda kompleks davolashda endomezenterial limfatrop terapiya usulini qo‘llash rivojlanishi mumkin bo‘lgan ichak asoratlanishlarining oldini olishi,  o‘lim xolatlarini va  bemor shifoxonadagi  yotoq kunlarining qisqarishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nospesifik yarali kolitni kompleks davolashda operatsiyadan keyingi davrda endomezenterial limfotrop terapiyani qo‘llash orqali asoratlanishlarining oldini olishdagi natijalarni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
operatsiyadan keyingi davrda nospesifik yarali kolitning davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Operatsiyadan keyingi davrda nospesifik yarali kolitning kompleks terapiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/460-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar operatsiyadan keyingi davrda ichak asoratlanishlarining oldini olish orqali nospesifik yarali kolit bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolashni samaradorligini  va  sifatini oshirishga imkon bergan;
nospesifik yarali kolitni limfatik davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Nospesifik yarali kolitni limfatik davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/679-sonli ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyalar operatsiyadan keyingi davrda yarali kolit bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga, asoratlanishlarning oldini olishga  yoki keskin kamaytirishga xizmat qilgan;
nospesifik yarali kolit bilan kasallangan bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda kompleks limfotrop davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon, Buxoro, Namangan viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining, shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyundagi 08-09/6578-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi nospesifik yarali kolit bilan operatsiyadan keyingi kompleks davolashda limfotrop usulni qo‘llash orqali ichak asoratlanishlarining oldini olish yoki keskin kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish