Oripova Mexriniso Raxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon sarkomalarini erta tashxislashni mukkamallashtirishda sitogenetik va immuogistoximik tahlil metodlarining ahamiyati», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib657.
Ilmiy rahbar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  davlat tibbiyot tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06. 2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Nodir  Maxmatqulovich, tibbiyot fanlari doktori, Isroilov Rajjaboy, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: .Sarvodaya cancer institute. India (Hindiston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bachadon mezenximal o‘smalarini tadqiqotning sitogenetik va immungistokimyoviy usullari bilan erta tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon sarkomasining erta tashxisotida  magnit rezonans tomografiya  sezuvchanligining yuqorligi, tashxisotida bu mezon ham KT bilan deyarli bir xil Mett`yust korrelyasiya koeffisienti o‘rtacha 0,66 va Yuden indeksining o‘rtacha yig‘indisi 0,6 «odatda tavsiya qilinishi mumkin emas» indeksining ko‘rsatkichi asoslangan;
o‘sma hujayralarining morfologik tavsifi, sitogenetik xususiyatlari xromosom abberatsiyasi, proliferativ faolligi va bachadon mezenximal o‘smasining hujayraviy apatozi (Ki-67va p53) sarkoma rivojlanishining yuqori xavfi bilan bemorlar guruhlarini ajratish imkonini bergan; 
ilk maratoba operatsiyagacha bo‘lgan davrda bachadon sarkomasining gistologik turini tashxislash uchun ul`tratovush nazoratida  bachadon trepanbiopsiya amalga oshirilgan;
xromosom abberatsiya, proliferativ faollik darajasi va bachadon mezenximal o‘smasining hujayraviy apoptozini differensial tashxisotida   olib boriladigan operatsiya xajmi va operatsiyadan keyingi davolash taktikasini tanlash va kasallikning kechishini bashoratlash isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bachadon sarkomalarni erta tashxislashni mukamallashtirishda sitogenetik va immunogistoximik tahlil metodlarni ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Bachadon sarkomalarni erta tashxislashni mukamallashtirishda sitogenetik va immunogistoximik tahlil usullari yordamida olingan ilmiy natijalar asosida «Bachadon sarkomalarni erta tashxislashda instrumental, sitogenetik va immunogistokmiyoviy tahlil usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 8n-d/188-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollarda bachadon sarkomalarni erta tashxislashda sitogenetik va immunogistokmiyoviy tahlil usullari yordamida olingan natijalarni tahlil qilish kasallikni davolash taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Bachadon sarkomalarni erta tashxislashni mukamallashtirishda sitogenetik va immunogistokimyoviy tahlil usullarini ahamiyatini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Buxoro va Jizzax viloyatlari filiallarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 iyuldagi 08-09/7829-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bachadon sarkomalarni tashxislashda mutant geni r53 supressor ekspressiyasining mavjudligi r53 mutant geni ekspressiyasini takomillashib boruvchi o‘sma jarayoni bilan korrelyasiya qiluvchi va kasallikni bashoratlashga manfiy ta’sir qiluvchi omil sifatida baholash, bachadon sarkomasida Ki-67 antigen ekspressiyasi bo‘yicha aniqlanuvchi o‘sma hujayralarining yuqori proliferativ faolligi bu bemorlarning yashab ketishida noxush molekulyar genetik omil sifatida baholash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish