Xasanov Ulug‘bek Abdurashidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mis eritish pechlarida toshqol tarkibidagi mis miqdorini kamaytirishning asosiy omillarini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2340.
Ilmiy rahbar: Sharipov Xasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Kamolov Tursunboy Ochilovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis eritish pechlarida toshqol tarkibidagi mis miqdorini kamaytirishning asosiy omillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis sanoati qattiq toshqolining petrografik va mineralogik xususiyatlari asosida misning toshqolda qolib ketishining oldini olish choralari ishlab chiqilgan;
shteyn tarkibiga o‘tuvchi mis miqdorini oshirish uchun suyuqlanma holatining ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi fazalar muvozanati tizimiga harorat ta’siri aniqlangan;
mis eritish pechi toshqolining fazalar hosil bo‘lish jarayonida toshqol tarkibida mis miqdorining 0,63% gacha, oltinni 0,11g/t gacha kamaytirilishi uchun kislorod parsial bosimi ko‘rsatkichlari 8-12% ga kamaytirish orqali muqobil parametrlar aniqlangan; 
suyuq toshqolni pech tashqarisida muallaq holatda kambag‘allashtirish orqali rangli va nodir metallar saqlagan yarimmahsulot olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mis eritish pechlarida toshqol tarkibidagi mis miqdorini kamaytirishning asosiy omillarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eritish agregatlarida toshqol va shteyn hosil bo‘lishi konstanta muvozanatining muqobil omillari ishlab chiqish natijasida misni toshqolda kambag‘allashtirish texnologiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2021 yil 08 iyuldagi AA-005890-son ma’lumotnomasi). Natijada, misning toshqoldagi miqdori 0,80-0,85% dan 0,63% gacha kamaytirish va kuniga 2,2 tonna mis toshqoldan shteyn tarkibiga o‘tishi hisobidan qo‘shimcha mis ajratib olish imkonini bergan;
eritishdan so‘ng maxsulotlar mikserda 1150-1175°S haroratda 25-30 min. cho‘ktirish hisobiga oltinning toshqoldagi miqdori 0,17 g/t dan 0,11 g/t ga kamayishi muqobil omillari natijasida mis va nodir metallarni toshqolda kamaytirish jarayoni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2021 yil 08 iyuldagi AA-005890-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan texnologiyaning qo‘llanilishida oltinning kunlik toshqoldan shteynga o‘tish miqdorini 60 g. oshirish va iqtisodiy samaraga ega bo‘lish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish