Pardaev Obid Raximboboevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urug‘lik soyani dukkaklaridan ajratadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1206.
Ilmiy rahbar: Rosaboev Abduqodir To‘xtaqo‘zievich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdukarim Axtamovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urug‘lik soyani dukkaklaridan agrotexnik talablar darajasida ajratib olishni ta’minlaydigan qurilmani ishlab chiqish hamda uning konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urug‘lik soyani dukkaklaridan agrotexnik talablar darajasida ajratib olish uchun tuzilishi jihatdan sodda qurilma ishlab chiqilgan; 
qurilmaning konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari soya poyalari, dukkaklari hamda urug‘ining fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda asoslangan;
texnologik jarayonni ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar va tuzilgan matematik modellar qurilmaning ish jarayonida savag‘ichlarni soya dukkaklari bilan o‘zaro ta’sirlashishiga bog‘liq ravishda keltirib chiqarilgan;
urug‘lik soyani dukkaklaridan ajratadigan qurilmaning maqbul konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari ularning ta’sirida urug‘larni dukkaklaridan ajratib olish to‘liqligi hamda shikastlanish darajasining o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalaydigan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Urug‘lik soyani dukkaklaridan ajratib oladigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
urug‘lik soyani dukkaklaridan ajratib oladigan qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini ajratadigan qurilma”, №IAP 06249 – 2020 y). Natijada, urug‘lik soyani dukkaklaridan agrotexnik talablar darajasida ajratib olish uchun tuzilishi jihatdan sodda, energiya va resurstejamkor qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
urug‘lik soyani dukkaklaridan ajratib oladigan qurilma Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi “Geo Agrobiznes” fermer xo‘jaligi va Yangiyo‘l tumanidagi “Agro Bio Xolding” MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 02/023-4560-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘lik soyani dukkaklaridan ajratib olish jarayonida sarflanadigan qo‘l mehnatiga nisbatan ish unumini oshishiga erishilgan hamda urug‘larni dukkaklaridan ajratib olish to‘liqligi 
98,3 foiz va shikastlanish darajasi 1,8 foizni tashkil etgan;
urug‘lik soyani dukkaklaridan ajratib oladigan qurilmani o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 02/023-4560-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘lik soyani dukkaklaridan ajratib oladigan qurilmani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish