Mamaxonov A’zam Abdumajitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik mashinalarning qayishqoq elementli zanjirli uzatmalari konstruksiyalarini va hisoblash metodlarini ishlab chiqish», 05.02.02 – «Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T398.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Irgashev Amirqul, texnika fanlari doktori, professor; Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologik mashinalar uchun resurstejamkor, samarali qayishqoq elementli zanjirli uzatma konstruksiyalarini yaratish hamda ularning kinematik va dinamik tahlillari asosida hisoblash metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zanjir tarkibli roligi qayishqoq vtulkasining aylanma deformatsiyasini inobatga olib, yulduzchalar tishlarining qadamiga muvofiq vtulkaning bikirligi hamda uzatmaning uzatish nisbatini hisoblash formulalari ishlab chiqilgan;
zanjirning tarkibli roligi qayishqoq vtulkasining bikirligini ortishi bilan uning xususiy tebranish chastotasi chiziqsiz qonuniyatda ortishi va dinamik kuchlanishning kamayish qonuniyati aniqlangan;
ishlab chiqilgan tarkibli etaklanuvchi yulduzchali zanjirli uzatma uzatish funksiyasi, deformatsiyalovchi kuch, bikirlik koeffisienti hamda zanjirli uzatma ishlash muddatini hisoblash formulalari olingan va ular asosida etaklovchi yulduzcha qayishqoq vtulkasining deformatsiya qiymatlari ortishi bilan zanjir tishining qadamini ortirilgandagina o‘qlar orasidagi masofani saqlash mumkinligi asoslangan;
zanjirli uzatmasi bo‘lgan olti massali mashina agregati harakat tenglamalari sistemasining sonli echimi asosida, ishchi organ va zanjirli uzatma etaklanuvchi yulduzchasining tezlik, tezlanish hamda burovchi momentlarining o‘zgarish qonuniyatlari tashqi qarshilik kuchi momentiga bog‘liq ravishda aniqlangan; 
zanjirli uzatma etaklanuvchi validagi burovchi moment va uni tebranish qamrovini texnologik qarshilikka bog‘liqlik qonuniyatlari olingan va ular asosida tarkibli rolik vtulkasi uchun rezina markasini tanlash usuli ishlab chiqilgan;
etaklovchi val burchak tezligining tebranish qamrovini maksimal kamaytirish uchun nominal texnologik qarshilikda zanjirning tarkibli roligi rezinali vtulkasining aylanma bikirligi qiymatlari asoslangan;
tajribaviy usulda etaklanuvchi yulduzchasi qayishqoq elementli zanjirli uzatma erga ishlov beruvchi agregatda qo‘llanilganda, qoziqli baraban validagi burovchi moment va aylanish chastotasini o‘zgarish qonuniyatlari agregat ish unumi va qayishqoq vtulka bikirligiga bog‘liqligi va burovchi moment tebranish oralig‘ining chiziqsiz qonuniyatda kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnologik mashinalarning qayishqoq elementli zanjirli uzatmalari konstruksiyalarini va hisoblash metodlarini ishlab chiqish asosida:
qayishqoq elementli zanjirli uzatmalar konstruksiyasiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 3 ta ixtiroga patentlari olingan (1. O‘zR. Patenti №IAP05745. Zanjirli uzatma. Byull., №1. 2019 y. 2. O‘zR. Patenti №IAP05760. Zanjirli uzatma. Byull. №2. 2019 y. 3. O‘zR. Patenti №IAP06200. Zanjirli uzatma. Byull. №4. 2020 y.). Natijada, texnologik mashinalar yuritmalarida harakatni uzatish mexanizmlari ishlash muddati va ishonchliligini oshirish, ish zonalarida shovqin darajasini kamaytirish imkoni yaratilgan;
harakatni uzatish mexanizmlari ratsional parametrlari Namangan viloyati Namangan tumanidagi «Namangantolatekstil» MChJda joriy etilgan (Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 19 fevraldagi KS3-214-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik tizimda yuzaga keluvchi to‘xtalishlar soni o‘rtacha 3 marta kamaygan, chigitni linterlash mashinalariga taqsimlab beruvchi baraban yuritmasi, redler konveyeri, misellani tosterga uzatuvchi va ekstraktorga yog‘li kunjarani uzatuvchi germetik shnek yuritmalari ish resursini 1,2 martaga ortishiga erishilgan;
tarkibli rolikli zanjirli uzatma konstruksiyalari Namangan viloyati Namangan tumanidagi «Namangantolatekstil» MChJda joriy etilgan (Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 19 fevraldagi KS3-214-son ma’lumotnomasi). Natijada zanjirli uzatmalardagi shovqin darajasini 2,1 martaga kamayishiga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish