Axmedova Malika Asatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Don mahsulotlari korxonalaridagi chang tozalash uskunalarining samaradorligini oshirishni tadqiq qilish», 05.09.03-«Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish» (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1755
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boboev Sobirjon Muradullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulomjon Norboevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Qulmamat Yusupovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi don mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan chang zarrachalarining parametrlarini aniqlash, energotejamkor chang tutgich uskunasining konstruktiv echimini yaratishdan iborat. 
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
changli havoni chang tutgich uskunasida oqim yo‘nalishini o‘zgartirish orqali chang tozalash samaradorligi oshirilgan; 
havoni tozalashda chang zarrachalari koagulyasiyasi va quvur ichki yuzasiga cho‘kishini hisobga olgan holda, chang oqimi harakatlanishining matematik modeli ishlab chiqilgan;
chang tutgich uskunasida qo‘llaniladigan filtr materiallarining mexanik xususiyatlari asosida optimal parametrlari eksperimental aniqlangan;
ajralib chiqadigan chang zarrachalari o‘lchamini hisobga olgan holda, chang tutgich uskunasi uchun metall to‘rli filtrning konstruktiv echimlari ishlab chiqilgan va amalda sinovdan o‘tkazilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Don mahsulotlari korxonalaridagi chang tozalash uskunalarining samaradorligini oshirishni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
energotejamkor mayda o‘lchamdagi to‘rli chang tutgich uskunasi “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 02-02/8-2589-son ma’lumotnomasi). Natijada, bitta manbada atmosferaga tashlanayotgan g‘alla changining tozalash samaradorligini 9,6 % ga oshirish imkonini bergan;
chang tozalash uskunasi uchun taklif etilgan 316L rusumli ultra yupqa, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan filtr Samarqand viloyati Narpay tumanidagi “Oqtosh don” AJ da joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 02-02/8-2589-son ma’lumotnomasi) Natijada, ajralib chiqayotgan g‘alla changining miqdorini bitta manbada yiliga 3,19 tonnaga kamaytirish imkonini bergan;
tadqiqot ishi yuzasidan yaratilgan uskuna Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining “Atrof-muhit ifloslanishini manitoring qilish bo‘limi” xodimlari ishtirokida sinovdan o‘tkazilgan va “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ da joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 02-02/8-2589-son ma’lumotnomasi). Natijada, 646,48 mln. so‘mlik iqtisodiy samara olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish