Kasimov Faxriddin Shadmankulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi hajmiy quyosh suv isitgich kollektorlarining issiqlik rejimlarini modellashtirish va parametrlarini optimallash», 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.2.T.T680
Ilmiy rahbar: Avezov Rabbanaqul Raxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Yusuf Karimovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Shavkat Mustakimovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Quyosh energiyasi xalqaro instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi shaffof plastiklardan yasalgan hajmiy nur qabul qilgichli yassi quyosh suv isitgich kollektorini ishlab chiqish, uning issiqlik rejimlari va resurs ko‘rsatgichlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish va suv isitish samaradorligini oshirish uchun quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi, shaffof plastik qoplamali hajmiy quyosh suv isitish kollektori ishlab chiqilgan;
tashqi havo harorati va quyosh radiatsiyasini sutkalik o‘zgarishini hisobga olgan holda, quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi, shaffof plastik qoplamali hajmiy quyosh suv isitish kollektorining nobarqaror issiqlik rejimini o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi, shaffof plastik qoplamali hajmiy quyosh suv isitish kollektorining «suv qatlami – qoraytirilgan tub» tizimi uchun quyosh nurlanishini samarali yutish koeffisientini aniqlash bo‘yicha bog‘liqliklar olingan;
quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi, shaffof plastik qoplamali hajmiy quyosh suv isitish kollektorining atrof-muhitga issiqlik yo‘qotishlarini hisobga olgan holda, uning issiqlik berish va energiya samaradorlik koeffisientlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi hajmiy quyosh suv isitgich kollektorlarining issiqlik rejimlarini modellashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
hajmiy quyosh suv isitish kollektori qurilmasi uchun Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Hajmiy quyosh suv isitish kollektori» FAP 01185, 2015 y). Natijada, suv isitish kollektorida issiqlik yo‘qotilishining kamaytirilishiga va suv isitish samaradorligining oshirilishiga erishilgan;
quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi, shaffof plastik qoplamali hajmiy quyosh suv isitish kollektorining “suv qatlami – qoraytirilgan tub” tizimi uchun quyosh nurlanishini samarali yutish koeffisientini aniqlash bo‘yicha bog‘liqliklar olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 iyuldagi 05/032-3045-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kollektorning bir metr kvadrat yuzasidan yilning issiq mavsumida (suv=0,05m bo‘lganda) 29,2 dan (suv=0,07m bo‘lganda) 49,9 m3 gacha hajmdagi 47-55oS haroratli issiq suv olish imkoniyati yaratilgan va mos ravishda 42,57 kg sh.yo/m2 dan 49,82 kg sh.yo/m2 gacha shartli yoqilg‘i tejab qolinishiga erishilgan;  
quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi, shaffof plastik qoplamali yassi quyosh suv isitgich kollektori Sirdaryo viloyatida fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 iyuldagi 05/032-3045-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklarining issiq suvga bo‘lgan mavsumiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari yaratilgan va yillik 150 mln so‘m sof foyda olinishiga erishilgan;
quyosh nurlanishini tubidan yutuvchi, yassi quyosh suv isitgichi kollektorining “suv qatlami – qoraytirilgan tub” tizimi uchun quyosh nurlanishini samarali yutish koeffisientini aniqlash uchun hisobiy ifoda olingan hamda kollektorning issiqlik yo‘qotish va issiqlik samaradorligi koeffisientlari aniqlangan va uning resurs ko‘rsatkichlari asoslangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 noyabrdagi 89-03-4688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Guliston davlat universitetida “Quyosh energiyasidan foydalanish asoslari” va “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi” fanlaridan o‘qitish jarayoni sifatini oshirishga erishilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                