Xakimova Muqaddas Shamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maxsus xususiyatli mato iplarini ohorlash uchun kompozisiya tarkibi, olinishi va xossalari», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish berish (kimyo fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K271.
Ilmiy rahbar: Rafiqov Adham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ixtiyarova Gul`nora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor; Xamidova Venera Djavdatovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus xossali to‘qimalar paxta kalavasini oxorlash uchun kollagen asosidagi kompozisiyaning tarkibini, olinish usullarini va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor paxta iplarini kollagen asosidagi kompozisiya bilan oxorlash tarkibi va usuli ishlab chiqilgan;
kollagenning birlamchi va ikkilamchi aminoguruhlari bilan paxta iplari sellyulozasining gidroksil guruhlari o‘rtasida yangi molekulalararo vodorod bog‘larining hosil bo‘lishligi isbotlangan;
kollagen eritmasi bilan oxorlanganda tola va iplarning mikrostrukturasi va morfologiyasi yaxshilanishi, ularning diametri kamayishi va tekisroq holatga kelishligi aniqlangan;
oxorlovchi eritmaning tarkibini va uni qo‘llash usulini iplarning fizik-mexanik xossalariga va olingan matoning yong‘in-texnik xossalariga ta’siri aniqlangan;
maxsus xossali matolarning olovbardoshlik va mustaxkamlik ko‘rsatkichlari tanda va arqoq iplarini to‘qishdan oldin olovbardosh kompozisiya bilan oxorlash yo‘li bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maxsus xususiyatli to‘qimachilik materiallari uchun oxorlovchi kompozisiya tarkibi, olinishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta iplarini oxorlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (FAP 01391, 2019 y.). Natijada, usulning qo‘llanilishi to‘qish sifatini yaxshilash imkonini bergan;
kollagen asos qilib olingan kompozisiya bilan tanda iplarini oxorlash va oxorlangan iplar asosida to‘qima olish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi «SUVYULDUZ TEKSTIL» va “KNYAZ BABY” xususiy korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 23 noyabrdagi 04/18-2744-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompozisiyaning asosiy tarkibiy qismi teri chiqindilaridan ajratib olinadigan tabiiy mahsulot ekanligi, uning tannarxini pasaytirish va oxorlash uchun ishlatilayotgan aralashmalarga ehtiyojni qondirish imkonini bergan.