Bikeeva Luiza Ravkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm monoklinali va unga yondosh geostruktura elementlarini  kosmodeshifrovkalash ma’lumotlari asosida geologik tuzilishi va  neft-gazga istiqbolligi», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/GM62.
Ilmiy rahbar: Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Nurxodjaev Anvarbek Koraxodjaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Zokirov Alimjon Abduraximovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgeofizika” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kosmodeshifrlashning zamonaviy usullaridan foydalanib, Xorazm monoklinali va unga yondosh bo‘lgan geostrktura elementlarini geologik tuzilishini aniqlashtirish va neftgazlilik istiqbollarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har xil ierarxiyaga, morfologiyaga, kinematikaga, davomiylikka va yo‘nalishga ega bo‘lgan tuzilmaviy-tektonik dislokatsiyalar sistemasi ishlab chiqilgan;
kosmodeshifrlashning chiziqli elementlarining diz’yunktiv tabiatliligi, aniq-tiniq chegaralarga hamda  tektonik bloklarning geodinamik tavsifiga ega tuzilmaviy-tektonik darzlanish zonalari aniqlangan; 
Tyan`-Shan` hamda Serox  yo‘nalishlaridagi zina hosil kiluvchi Amudaryo, Buxoro, Qizilqum oldi paragrad er yoriqlari zonalarining I tartibdagi diz’yunktiv elementlari sifatida uzoq muddatli endogen faollikning tektonik tugunining mavjudligi isbotlangan;
tektonik bloklarni bir xil turdagi yo‘nalish va harakatlar jadalligi bilan chegaralovchi cho‘kindi qoplamini plikativ taxlamliligini nazorat qiluvchi siniqli-blok karkasning mufassal modeli ishlab chiqilgan;
neotektonik faollanish xarakteri aniqlandi, belgi, jadallik, harakatlarni differensiyalashganlik darajasi va avval shakllangan tuzilma shakllarning faolligi aniqlangan;
II tartibdagi morfotuzilma elementlarini uzun valsimon ko‘tarilmalari va ularni  ajratib turuvchi botiqliklar va egarlarni ajratish bilan birga cho‘kindi qoplamning geotektonik rayonlashtirish sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xorazm monoklinali va unga yondosh geostruktura elementlarini geologik tuzilishini aniqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Burgutli-Shortakli egilmasi hududlari bo‘yicha lokal antiklinallarni qidirish maqsadida mufassal seysmik razvedka ishlarini olib borish uchun tavsiyanoma «O‘zbekneftegaz» AJ faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 18 noyabrdagi 03-17-5-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, To‘maris maydonida izlov-qidiruv ishlari o‘tkazilib gazokondensat koni ochilish imkonini bergan;
Yangiqazgan ko‘tarilmasi hududida yuqori yura va quyi bo‘r terrigen yotqiziqlardagi tuzilmalarni qidirish maqsadida qidiruv va mufassal seysmik razvedka ishlarini olib borish uchun tavsiyanoma «O‘zbekneftegaz» AJ faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 18 noyabrdagi 03-17-5-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` va gazga istiqbolli Djigerbent,Tashirquduq, Kattakazan ob’ektlari ochish imkonini bergan;
Dashkala egilmasi va Meshikli ko‘tarilmalari hududlarida MOGT 2D geofizik ishlarni o‘tkazish tavsiyasi «O‘zbekneftegaz» AJ faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 18 noyabrdagi 03-17-5-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan ma’lumotlar neft` va gazga istiqbolli Djigerbent, Djangeldi va Manguberdi ob’ektlari ochish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish