Abduraxmanov Ilxom Ergashboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Metallooksid kompozitlar asosida zaharli va portlovchan gazlarni aniqlovchi kimyoviy sensorlar yaratish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/K87.
Ilmiy maslahatchi: Nasimov Abdullo Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Shabilalov Azod Axmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metallooksid kompozitlar asosida zaharli va portlovchan gazlarni aniqlovchi selektiv yarimo‘tkazgichli sensorlarini yaratish va ularning metrologik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ko‘p komponentli gaz aralashmalari tarkibidan ammiak, vodorod sul`fidi va metanni nazorati uchun ZnO, TiO2 va WO3 asosidagi yarimo‘tkazgichli sensorlarni selektiv gazsezgir materiallarining maqsadga yo‘naltirilgan sintezi amalga oshirilgan;
PEG ishtirokida olingan g‘ovak gazsezgir nanomateriallarni temir, mis va kobal`t oksidlari bilan modifikatsiyalash sensorning NH3, H2S va CH4 ga sezgirligini oshirishi va aniqlash jarayonining temperaturasini pasaytirishi isbotlangan;
gaz aralashmalari ayrim komponentlariga nisbatan aktivliklari turlicha bo‘lgan katalizatorlardan foydalanilganda yarimo‘tkazgichli sensorlarning ammiak, vodorod sul`fidi va metanga nisbatan selektivligini oshirishi aniqlangan;
NH3, H2S va CH4 ni aniqlovchi selektiv sensorlarning analitik, ekspluatatsion va boshqa ko‘rsatkichlariga gaz muhiti parametrlarining ta’siri aniqlangan;
tabiiy gazni aniqlovchi  signalizator yaratilgan va ko‘rsatgichlariga atrof-muhit omillarning ta’siri isbotlangan;
metall oksidlari aralashmalari va templat-polietilenglikol` asosida tayyorlangan yarim o‘tkazgichli sensorlar ammiak, vodorod sul`fidi  va metanni aniqlash jarayonida yuqori sezgirlikka ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Metallooksid kompozitlar  asosida zaharli va portlovchan gazlarni aniqlovchi kimyoviy sensorlar yaratish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
yaratilgan tabiiy gaz va SN4 ni aniqlovchi sensor «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJ ning 2020 yil 27 iyundagi 473/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, metanni aniqlashning yuqori tezkorligi, sezgirligi, selektivligiga erishilgan hamda sanoat va maishiy binolari havosi tarkibida tabiiy gazning to‘planishini nazorat qilish imkonini bergan;
ammiakni aniqlashni yarimo‘tkazgichli usuli va sensori «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJ ning 2020 yil 27 iyundagi № 475/GK-06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ammiakni aniqlashning yuqori sezgirligi, tezkorligi va selektivligini ta’minlash imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan vodorod sul`fidi uzluksiz nazoratini ta’minlovchi kimyoviy sensor «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJ ning 2020 yil 04 iyuldagi 488/GK-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘ovak GSM dan foydalanib ishlab chiqilgan kichik o‘lchamli datchikni qo‘llanilishi aniqlanuvchi komponentni yuqori aniqlikda nazoratini ta’minlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kimyoviy sensorlar OT-F7-52 raqamli “Turli tabiatli organik va noorganik moddalarning ta’sirlanish qonuniyatlari va reaksion qobiliyati hamda berilgan kompleks xossali yangi birikmalar olish” mavzusidagi amaliy loyihada organik va noorganik moddalarning ta’sirlashish jarayonida ajralib chiqadigan gazlar tarkibini nazoratida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 iyuldagi 89-03-2627-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1-allil-2-naftilmetil efirini olishning maqbul sharoitlarini topish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish