Ismatova Maxsuda Mirzakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «G‘aramlangan paxta zichligi o‘zgarishining tola sifat ko‘rsatkichlari va ip xossalariga ta’siri», 05.06.01-«To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi» ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2114.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dedaxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Akmal Axmedovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchitashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani g‘aramlashning kichik o‘lchamdagi va hajmiy zichlikdagi modelini ishlab chiqish asosida tola va undan olingan iplarning fizik-mexanik xossalarini tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani g‘aramlashning kichik o‘lchamdagi va hajmiy zichlikdagi modeli ishlab chiqilgan, g‘aramning turli qatlamlaridan olingan paxtaning tozalanish samaradorligi hamda dastlabki ishlash jarayonidan keyin tolaning mexanik shikastlanishi va buramdorligining o‘zgarishi aniqlangan;
kichik o‘lchamdagi va hajmiy zichlikdagi hamda g‘aramning turli qatlamlaridan olingan tola va yigiruv jarayoni mahsulotlarining notekislik va sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
paxta tolasi va ip parametrlari bilan kichik o‘lchamdagi va hajmiy zichlikdagi g‘aramda saqlanishning bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
paxtani g‘aramlashning kichik o‘lchamdagi va hajmiy zichlikdagi modeli va g‘aramning turli qatlamlaridan olingan iplarning sifat ko‘rsatkichlari asosida emperik taqsimlanishni qiyosiy baholash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ip ishlab chiqarishda paxtani kichik o‘lchamdagi va hajmiy zichlikda g‘aramlash modelini yo‘lga qo‘yish orqali orqali ip sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqarishga sifatli maxsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan muqobil sig‘imli paxta g‘aramlash usuli «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarida, jumladan «JIZZAX INDUSTRIAL TO’QIMA» MChJda joriy etilgan. («O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2021 yil 16 iyundagi № 03/14-1890 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasini solishtirma uzilish kuchi 26,3 sN/tex dan 27,1 sN/tex ga, yigirilgan iplarning solishtirma uzilish kuchi 11,59 sN/tex dan 12,76 sN/tex ga oshish imkoniyati yaratilgan.
g‘aramning turli qatlamlaridan olingan iplarning sifat ko‘rsatkichlari asosida emperik taqsimlanishni qiyosiy baholash dasturi «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarida, jumladan «JIZZAX INDUSTRIAL TO’QIMA» MChJda joriy etilgan. («O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2021 yil 16 iyundagi № 03/14-1890 sonli ma’lumotnomasi).Natijada, tavsiya etilgan kichik o‘lchamdagi va xajmiy zichlikdagi g‘aramda saqlangan paxtadan olingan yigirilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlarini tezkor aniqlash imkoniyati yaratilgan.