Yusupov Dilshod Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ekologik sof elektrotexnologik usulda ipak qurti urug‘ini zararsizlantirish va avjlantirish», 05.05.07–Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2113
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Ashiraf, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. DSs.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Isaqov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Olimjon Tursunbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurti energoresurslarini minimal sarfida maxsuldorligini oshiruvchi tut ipak qurti urug‘ini elektr faollashgan suvda (EFS) yuvish avjlantirish va ul`trabinafsha nurda (UBN) zararsizlantirish va avjlantirish elektr texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat: 
ipak qurti urug‘ini elektr faollashgan suv bilan yuvish, avjlantirish hamda ul`trabinafsha nur ta’sirida zararsizlantirish va avjlantirish texnologiyasi asoslangan;
yuvishda elektr faollashgan suvning ipak qurtiga avjlantiruvchi ta’-siri va elektrotexnologik parametrlari aniqlangan;
ul`trabinafsha nurni zararsizlantiruvchi va avjlantiruvchi maqbul ta’siri hamda elektr texnologik parametrlari aniqlangan;
tut ipak qurti hayotchanligini elektr faollashgan suv rN va ul`trabi-nafsha nur ko‘rsatkichiga, elektr faollashtirgich qurilmasidagi parametrlar suvning elektr qarshiligi, quvvat va suvning haroratiga bog‘liqligini  ifodalovchi matematik modellar qurilgan;
tuxumlar estivatsiya va diapauza vaqtida elektr faollashgan suvda  xavf-siz bo‘lish vaqti aniqlangan;
elektrotexnologik ta’sirlar maxsuldorlikni oshishiga, jonlanish birdamligi va jonlanish foizi ko‘rsatkichlari hamda kichik yoshlarda qurt hayotchanligi yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan; 
elektr faollashgan suv va ul`trabinafsha nurni ipak qurti kasallik-lari sporalarini zararsizlantirishda maqbul parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik sof elektro-texnologik usulda ipak qurti urug‘ini zararsizlantirish va avjlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ipak qurti urug‘ini zararsizlantirish va avjlantirish texnologiyasiga dastlabki talablar tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi  «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2021yil 10 fevraldagi № 3-1/216 ma’lumotnomasi). Natijada, tut ipak qurti urug‘larini zararsizlantiruvchi va avjlantiruvchi har bir quti xisobida 4 kg qo‘shimcha pilla oluvchi, ekologik sof elektro-texnologiyani ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ipak qurti urug‘ini elektr faollashgan suv va ul`trabinafsha nurning eng maqbul parametrlari bilan zararsizlantirish va avjlantirish Namangan viloyatining «ChORTOQ AGROPILLA INVEST» MChJ hamda «SOF IPAK INVEST» MChJ larda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respub-likasi  «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2021 yil 10 fevraldagi № 3-1/216 ma’lumotnomasi). Natijada, tut ipak qurti urug‘larini zararsizlantirish jarayonlari ekologik sof elektrotexnologiyasi bilan takomillashtirib, suv sarfni 2 martagacha kamaytirish hamda UBN bilan tut ipak qurti urug‘ini kasallik sporalaridan zararsizlantirib avjlantirish imkoniyati yaratilgan;
ipak qurti urug‘ini elektr zararsizlantirish qurilmasining loyiha konstruktorlik xujjatlari (dastlabki talablar texnik topshiriqlar, tex-nik shart va texnik xujjatlar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayo-niga tavsiya etilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                