Xakimov Zafar Tulyaganovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ma’lumotlarni uzatish tola-optik tizimlarining samaradorligini oshirish usullari va qurilmalari», 05.04.02 – «Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari»(texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/T428.
Ilmiy maslahatchi: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnikafanlaridoktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkentaxborottexnologiyalariuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar:texnika fanlari doktori, professor, Musaev Muxammadjon Maxmudovich; texnika fanlari doktori, professor, Gulyamov Shuxrat Manapovich; texnika fanlar doktori, dotsent, Aliev Ravshan Maratovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’lumotlarni uzatish tola-optik tizimlarining samaradorligini oshirish usullari, qattiq jismli konstruksiyalarning buzilishlari, deformatsiyalanishi, tolali optik aloqa liniyalari elementlarini ishlash qobiliyatini diagnostikalash qurilmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba qirralari yupqa qatlamli kremniy monooksidli, ellips shakldagi mikrolinzali optik moslashtirilgan yugurma to‘lqin kuchaytirgichi va optik signalni kiritish usuli yaratilgan;
tolali optik aloqa liniyalarining spektral xarakteristikasini modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
qattiq jismli konstruksiyalarning buzilishini, deformatsiyasini diagnostikalovchi bo‘sag‘aviy sezgirligi oshirilgan qurilma va usul yaratilgan;
optik tolaning butunligini va DDM tizimli SFP-modullarning ishlash qobiliyatini diagnostikalovchi qurilma yaratilgan;
harorati keng diapazonda o‘zgaruvchi optik tolali kabel parametrlarining stabilligini sinashni iqlimiy qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ma’lumotlarni uzatish tola-optik tizimlarining samaradorligini oshirish usullari va qurilmalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan “Aloqa uzatishda optotolali tizimlar spektral xarakteristikalarini optimallashtirish va tashislash qurilmasi” ixtiroga patent olingan (№IAP 04465 - 2011). Natijada yugurma to‘lqin kuchaytirgichida kuchaytrish 22-24 dBga ko‘tarilgan, qaytarish koeffisienti 5-6 foizgacha kamaygan, nurlanishni kiritish-chiqarish koeffisientlari 50 foizgacha ko‘tarilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan “Qattiq tanali konstruksiyalar deformatsiyasini va buzilishini tashhis qilish qurilmasi” ixtiroga patent olingan (№IAP 05166 - 2016). Natijada birlamchi o‘zgartirgichning bo‘sag‘aviy sezgirligi 0,1 mkmga etgan;
qirralari yupqa qatlamli kremniy monooksidli, ellips shakldagi mikrolinzali optik moslashtirilgan yugurma to‘lqin kuchaytirgichi va optik signalni kiritish usuli hamda tolali optik aloqa liniyalarining spektral xarakteristikasini modeli va algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “Uzneftgazaloqa” IChATB MChJ, ALOQALOYIHA” DUK va “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsion transport tarmog‘i” filialiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 02.06.2021 yildagi 33-8/3973-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yugurma to‘lqin kuchaytirgichida kuchaytrish 22-24 dBga ko‘tarilgan va hisoblash jarayoni vaqtini 2-3 baravar qisqartirish imkonini bergan;
qattiq jismli konstruksiyalarning buzilishini, deformatsiyasini diagnostikalovchi bo‘sag‘aviy sezgirligi oshirilgan hamda optik tolaning butunligini va DDM tizimli SFP-modullarning ishlash qobiliyatini diagnostikalovchi qurilmalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK, “ALOQALOYIHA” DUK, “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” Davlat muassasasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 02.06.2021 yildagi 33-8/3973-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu birlamchi o‘zgartirgichning 0,1 mkm bo‘lgan bo‘sag‘aviy sezgirligiga erishishga va tolali optik aloqa liniyalari elementlarini diagnostika qilish vaqtini 10-20 foizga qisqartirish imkonini bergan;
harorati keng diapazonda o‘zgaruvchi optik tolali kabel parametrlarining stabilligini sinashni iqlimiy hamda optik tolaning butunligini va DDM tizimli SFP-modullarning ishlash qobiliyatini diagnostikalovchi qurilmalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonada, xususan O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsion transport tarmog‘i” filialiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 02.06.2021 yildagi 33-8/3973-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu optik tolali kabelning parametrlarini keng haroratlar diapazonida (-90°Cdan +90°Cgacha) tadqiq qilish imkonini bergan va harorat +18°Cdan +76°Cgacha o‘zgarishida tolali optik kabeldagi yo‘qotishlar 14 foizni tashkil etishi aniqlangan;
“UNICON.UZ” DUK tomonidan “Sirt akustik to‘lqinlardagi ekvidistant apodizatsiyalanmagan fil`trning topologiyasini hisoblash”, “SAT fil`trining geometrik o‘lchamlarini hisoblash”, “Optik tolali aloqa liniyasining spektral xarakteristikasini approksimatsiyalash” dasturlarining belgilangan funksiyalarni to‘liq bajarishi va ulardan vazifasi bo‘yicha foydalanish mumkinligini to‘g‘risida xulosa berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 02.06.2021 yildagi 33-8/3973-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sirt akustik to‘lqinlaridagi fil`trlarning geometrik o‘lchamlarini hisoblash va tolali optik aloqa liniyasining spektral xarakteristikalarini approksimatsiyalash mumkin bo‘lgan.