Shernazarov Shavkat Shuxratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Samarqand viloyatidagi baliqchilik xo‘jaliklari al`goflorasi va uning ahamiyati», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/B272.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Iskandar, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Xislat Qudratovich, biolgiya fanlari doktori, professor; Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyati baliqchilik hovuzlari al`goflorasini turlar tarkibini aniqlash hamda uning oqdo‘ngpeshona balig‘i oziqlanishidagi ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati baliqchilik hovuzlari al`goflorasi tarkibida suvo‘tlarning 258 tur va tur xillari (256 tur, 2 forma) aniqlangan va inventarizatsiya qilingan;
Samarqand viloyati baliqchilik hovuzlari al`goflorasi tarkibidagi fitoplanktonlarning shakllanish xususiyatlari ekologik omillarga bog‘liqligi asoslangan;
oqdo‘ngpeshona balig‘i oshqozon-ichagidagi fitoplanktonlarning turlar tarkibi aniqlangan, hamda ularning miqdori va mavsumiy xususiyatlari ochib berilgan;
o‘txo‘r baliqlar parvarishlanayotgan hovuzlarda fitoplanktonlarni intensiv ko‘paytirish orqali baliq chavoqlarining rivojlanish barqarorligini ta’minlash hamda oqdo‘ngpeshona balig‘inining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Samarqand viloyati baliqchilik xo‘jaliklari al`goflorasi va uning ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hovuzlarda parvarishlanayotgan baliq chavoqlari va oq do‘ngpeshona balig‘ining oziqasi hisoblangan fitoplanktonlarni tabiiy ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar “Samarqandbaliqsanoat” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 dekabrdagi 02/23-400-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqlar uchun zararli fitoplanktonlar rivojlanishini kamaytirish, oziqabop turlar biomassasini ko‘paytirish hamda baliq mahsuldorligini oshirish imkonini bergan;
fitoplanktonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi ekologik omillar (suvning harorati, tiniqlik darajasi, pH, mineralizatsiya, grunt xususiyatlari) ning roli hamda hovuzlar al`gofloradagi indikator-saprob turlar asosida baliqchilik hovuzlarining ifloslanish darajasini belgilash Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 11 martdagi 04-02/8-981-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliq boqiladigan sun’iy hovuzlar suvi holatini ekologik baholash hamda mavsumiy monitoringni olib borish imkonini bergan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                