Qoriev Mirzoxid Rustamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Namangan viloyatining shimoli-sharqiy adirlarida sug‘ormasdan bog‘ va tokzorlar tashkil etish imkoniyatlarini baholash», 11.00.04 - Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Gr50.
Ilmiy rahbar: Kamolov Baxodir Asamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Hamroqul Tursunqulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Sultashova Oralxan Genjebaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv taqchil bo‘lgan adir hududlarida sug‘ormasdan bog‘ tashkil etish ilmiy asoslarini yaratish va amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terrasalash va mul`chalash agrotexnologiyalarini birgalikda qo‘llash asosida sug‘ormasdan bog‘ tashkil etish usuli yaratilgan;
terrasalash va mul`chalashni birgalikda qo‘llanganda tabiiy tuproq namligini vegetatsiya davrida o‘simliklar so‘lish namligidan yuqori holatda saqlanishi aniqlangan;
bahor faslida organik, yoz faslida esa plastik mul`chalashdan navbati bilan foydalanish tuproq namligini uzoq vaqt saqlab turishda yuqori samarali ekanligi aniqlangan;
yonbag‘irlikka tushgan yog‘in suvlarini mevali daraxtlar atrofida samarali to‘plash imkoniyatini beruvchi terrasalash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Namangan viloyatining shimoli-sharqiy adirlarida sug‘ormasdan bog‘ va tokzorlar tashkil etish imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
terrasalash va mul`chalash agrotexnologiyalarini birgalikda qo‘llash asosida yaratilgan sug‘ormasdan bog‘ tashkil etish usuli “Uychi sohibkor bo‘stoni” agrofirmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 02/029-3882-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu usul yordamida 0,4 gektar maydonda 13 turdagi mevali daraxtlardan iborat sug‘orilmaydigan bog‘ tashkil etilib, yiliga 1200 m3 suv resurslarini tejab qolish imkonini bergan;
tabiiy tuproq namligini vegetatsiya davrida o‘simliklar so‘lish namligidan yuqori holatda saqlaydigan terrasalash va mul`chalashni birgalikda qo‘llash usuli “Uychi sohibkor bo‘stoni” agrofirmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 02/029-3882-son ma’lumotnomasi). Natijada, 0,3 gektar maydondagi mevali ko‘chatzordan yillik sug‘orish normasiga nisbatan 50 % kam suv sarflab, jami 15000 tup olma, shaftoli va olxo‘ri ko‘chatlari etishtirish imkonini bergan;
bahor faslida organik, yoz faslida esa plastik mul`chalashdan navbati bilan foydalanish usuli “Uychi sohibkor bo‘stoni” agrofirmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 02/029-3882-son ma’lumotnomasi). Natijada, 0,2 gektar maydondagi 3 yoshli 60 tup shaftoli mevali daraxtidan sug‘ormasdan 180 kg hosil olish imkoniyati yaratilgan;
yonbag‘irlikka tushgan yog‘in suvlarini mevali daraxtlar atrofida samarali to‘planishiga yordam beruvchi takomillashtirilgan terrasalash usuli “Uychi sohibkor bo‘stoni” agrofirmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 02/029-3882-son ma’lumotnomasi). Natijada, mevali ko‘chatlar atrofiga qazilgan ariqchalarda tabiiy sharoitga nisbatan ikki barobar ko‘proq nam to‘plash imkoniyati yaratilgan.