Nazirova Zulfiya Rustamovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab yoshidagi bolalarda allergik ko‘z kasalliklarining klinik-immunologik tashxisi xususiyatlari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya  va 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib147.

Ilmiy rahbarlar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori,  dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika immunologiya ilmiy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.50.01.

Rasmiy opponentlar: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: maktab yoshidagi bolalar ko‘z allergik kasalliklarini ko‘z yoshi suyuqligi diagnostik ahamiyatli ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda klinik-immunologik tashxislashni takomillashtirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor bolalar ko‘z sohasi allergik reaksiyalarida ko‘z yoshi suyuqligining  klinik-immunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari kompleks tarzda aniqlangan;

bolalar ko‘z allergik kasalliklarida ko‘z yoshi suyuqligi immunologik va biokimyoviy tadqiqotlarning diagnostik ahamiyati aniqlangan;

ko‘z yoshi immunoglobulinlari va sitokinlari gematooftal`mik bar`erning o‘tkazuvchanligidagi ahamiyati va ularning buzilishi tuqimaning yallig‘lanishi va distruksiyasiga olib kelishi isbotlangan;

ko‘z yoshi suyuqligi gematologik indekslarining allergiyada yuqori sezuvchanlikning sekinlashgan tipi kabi zararlanishini aniqlashda  qiyosiy tashxislashning roli aniqlangan;

ko‘z allergik kasalliklari klinik kechish xususiyatlari ko‘z yoshi sitologik va organizmning immunologik ko‘rsatkichlari holatiga bog‘liqligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Maktab yoshidagi bolalarda allergik ko‘z kasalliklarining klinik-immunologik tashxisi xususiyatlarining zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

bolalarda allergik ko‘z kasalliklarining klinik-immunologik tashxisi xususiyatlarining zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bolalar ko‘z yoshi suyuqligi orqali allergiyada ko‘z zararlanishini tashxislash uslubi» mavzusidagi uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 31 dekabrdagi  8N-d/38-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalar ko‘z yoshi suyuqligi orqali ko‘z allergiya zararlanishini erta tashxislash va bashoratlash, klinik kechishini aniqlash, klinik-immunologik ko‘rsatkichlarning ahamiyati asosida etiopatogenetik davolashni takomillashtirishga xizmat qiladi;

bolalarda allergik ko‘z kasalliklarining klinik-immunologik tashxisi xususiyatlarining zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ilmiy ixtisoslashgan allergologiya markazi, Toshkent 1-son bolalar klinik kasalxonasi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 31 dekabrdagi 8N-d/38-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan ko‘z yoshi suyuqligini immunologik va biokimyoviy tekshirish usullarini qo‘llash bolalarda ko‘z allergik kasalliklarini tashxislash sifatini 24 foizga oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish