Aytmuratova Ulbike Jalgasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda investision faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit  (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt801.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Sharbat Zulfiqarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolikov Ulug‘bek Rustamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand  iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda investision faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiyalarga yo‘naltirilgan pul oqimlarini diskontlash asosida investisiyalarni qoplash muddatini aniqlilik darajasini 90 foizgacha etkazish asoslangan; 
prognoz qilishning iqtisodiy qo‘shilgan qiymat usulini qo‘llash orqali investision loyixalar miqdorini 30 foizga oshirish hamda  investision strategiyaning muddati va talab etiladigan investisiya miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash asoslangan;
foiz stavkalar, inflyasiya darajasi va valyuta ayirboshlash kurslarini inobatga olgan uzoq muddatli investisiya loyihalari muddatini 8 yildan 5 yilga qiskartirish asosida investision faoliyat samaradorligini 1,2 barobarga oshirish asoslangan;
investisiya kiritiladigan loyixaga sheriklik xuquqini beruvchi sukuk qimmatli qog‘ozini emissiya qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalarda investision faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiyalarga yo‘naltirilgan pul oqimlarini diskontlash asosida investisiyalarni qoplash muddatini aniqlilik darajasini 90 foizgacha etkazish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan investisiyalar tahlilida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 1 fevraldagi VJ-22/01-258-son ma’lumotnomasi). Natijada, investorlar tomonidan loyiha bo‘yicha VaR (riskning miqdoriy darajasi)ni korxona foydadagi ulushini alohida koeffisientlar bo‘yicha prognoz qilish imkoniyati vujudga kelgan va investision loyihalar bo‘yicha investisiyalarni qoplash muddatini belgilashda ehtimollik darajasini 90 %gacha aniqlashga erishilgan;
prognoz qilishning iqtisodiy qo‘shilgan qiymat usulini qo‘llash orqali investision loyixalar miqdorini 30 foizga oshirish hamda  investision strategiyaning muddati va talab etiladigan investisiya miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash bo‘yicha taklifi Taxiatosh don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyatida investision loyihalarni tahlil qilishda foydalanilgan («Taxiatosh don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 2 fevral`dagi 01-2/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan investision loyihalar miqdorini 30% oshirishga hamda 2018-2019 yillar mobaynida sof foyda xajmini o‘rtacha 14% foizga oshirishga erishilgan;
foiz stavkalari, inflyasiya darajasi va valyuta ayirboshlash kurslarini inobatga olgan uzoq muddatli investisiya loyihalari muddatini 8 yildan 5 yilga qisqartirish asosida investision faoliyat samaradorligini 1,2 barobarga oshirish bo‘yicha taklifi Taxiatosh don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyatida investision loyihalarni tahlil qilishda foydalanilgan («Taxiatosh don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 2 fevral`dagi 01-2/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyati inflyasiya darajasi va valyuta ayirboshlash kurslarini inobatga olgan holda investisiya loyihalarini muddatini 5 yil etib belgilash asosida investision faoliyat samaradorligini 1,2 barobarga oshirishga hamda investision resurslar miqdorini 655 mln.so‘mgacha tejab qolishga erishilgan; 
investisiya kiritiladigan loyixaga sheriklik xuquqini beruvchi sukuk qimmatli qog‘ozini emissiya qilish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan investisiyalar tahlilida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 1 fevral`dagi VJ-22/01-258-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qimmatli qog‘ozning an’anaviy obligatsiyaga nisbatan risklilik darajasi past bo‘lishi va  fond bozoridagi intrumentlar turlarining diversifikatsiya qilinishiga  xizmat qilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                