Abulkasimov Murod Hasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy jihatlari va yo‘llari», 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt614.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Toshbolta To‘xtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qobilov Sharif Raximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy tadqiqot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs iqtisodiy xavfsizligi tushunchasiga unga xavf soluvchi ichki va tashqi tahdidlar hamda jamiyatdagi barcha qatlam vakillarining iqtisodiy manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mualliflik ta’rifi berilgan;
ishchi kuchining samarali bandligini ta’minlash mexanizmi kasb malakasiga ega bo‘lmagan aholi qatlamini zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitishda davlatning nomoliyaviy instrumentlarini faol qo‘llash asosida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini oshirish orqali takomillashtirilgan;  
insonlarning turmush farovonligiga tahdidlarni baholash tizimi shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan tashqi tahdidlarning «quyi» va «yuqori» chegaralarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish jarayonida milliy identifikatsiya tizimini qo‘llash orqali kam ta’minlanganlarni ijtimoiy muhofaza qilish qamrovini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy jihatlari va yo‘llaribo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxs iqtisodiy xavfsizligi tushunchasiga unga xavf soluvchi ichki va tashqi tahdidlar hamda jamiyatdagi barcha qatlam vakillarining iqtisodiy manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mualliflik ta’rifi «Institusional iqtisodiyot» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-193 raqamli guvohnoma).  Ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi talabalarda shaxs iqtisodiy xavfsizligi tushunchasini, uning mohiyati, unga tahdid qiluvchi omillar va shu kabilarni o‘rganishda katta ahamiyat kasb etgan;
ishchi kuchining samarali bandligini ta’minlash mexanizmini kasb malakasiga ega bo‘lmagan aholi qatlamini zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitishda davlatning nomoliyaviy instrumentlarini faol qo‘llash asosida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini oshirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida mamlakatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha Yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 02-09/41-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini mehnat bozorida yuqori talabga ega bo‘lgan mutaxassisliklarga o‘qitishda nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini kuchaytirish orqali aholi bandligini ta’minlash imkoniyatini oshirgan; 
insonlarning turmush farovonligiga tahdidlarni baholash tizimini shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan tashqi tahdidlarning «quyi» va «yuqori» chegaralarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida mamlakatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha Yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 02-09/41-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chegaraviy ko‘rsatkichilarni me’yordan oshib ketmasligini ta’minlash uchun takliflar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish jarayonida milliy identifikatsiya tizimini qo‘llash orqali kam ta’minlanganlarni ijtimoiy muhofaza qilish qamrovini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 33-8/5048-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada kam ta’minlangan aholi vakillarini raqamli texnologiyalar yordamida ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olish mexanizmini takomillashtirish imkoniyatini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish