Kadirova Xadicha Turaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirishning konseptual asoslari (Namangan viloyati misolida)», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2(DSc)/Iqt235.
Ilmiy maslahatchi: rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Sattorov Odiljon Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; O‘rmonov Jahongir Jaloliddinovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston mintaqalarida moliya bozorini rivojlantirishning konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat hokimliklari huzurida mintaqaviy moliya bozorini rivojlantirish dasturlari va ularning ijrosi bo‘yicha “Mintaqaviy moliya bozorini rivojlantirish” boshqarmasi tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mahalliy hokimiyatlarning hududiy dasturlarini byudjetdan tashqari moliyalashtirishda hududiy (munisipal) obligatsiyalarni emissiya qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«Namangandonmahsulotlari» AJning sof aktiv, sof tushum va sof foyda ko‘rsatkichlari 2024 yillargacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
kapital bozorini rivojlantirish Davlat dasturiga mintaqaviy moliya bozorini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlarini kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
muomalaga chiqarilgan moliyaviy mahsulotlar to‘g‘risida yagona axborot bazasi va emitentlar faoliyati haqida axborot berishga ixtisoslashgan agentlik tashkil etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mintaqaviy kapital bozorini takomillashtirish, konsepsiyani shakllantirish, rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
viloyat hokimiyati huzuridagi moliya bozorini rivojlantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan boshqarmani yaratish, moliya bozorini turli segmentlarini rivojlantirish bo‘yicha strategik dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ular uchun zarur infratuzilmani ta’minlash, mintaqaviy rivojlanish ehtiyojlari uchun ichki va tashqi investisiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 aprel PQ-4300-son «Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida va 2021-2023 yillarda Respublika kapital bozorini rivojlantirish dasturida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 26 yanvar 04/1-06-90-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mintaqaviy bo‘limining 2021 yil 9 apreldagi 01-02/621-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif viloyat hokimiyati huzuridagi moliya bozorini rivojlantirish bo‘yicha ihtisoslashtirilgan boshqarmani yaratish, strategik dasturlarni ishlab chiqish, zarur infratuzilmani ta’minlash, mintaqaviy rivojlanish ehtiyojlari uchun ichki va tashqi investisiyalarni jalb qilish mexanizmini joriy etgan;
mahalliy hokimiyatlarning hududiy dasturlarini byudjetdan tashqari moliyalashtirishda hududiy (munisipal) obligatsiyalarni emissiya qilishning maqsadga muvofiqligi taklifi keltirildi. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 aprel PQ-4300-son «Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida va 2021-2023 yillarda Respublika kapital bozorini rivojlantirish dasturida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 26 yanvar 04/1-06-90-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mintaqaviy bo‘limining 2021 yil 9 apreldagi 01-02/621-son ma’lumotnomalari). Taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo‘lgan samarali moliyalashtirish mexanizmi yaratilgan, moliyaviy vositalarning taklifi oshgan;
«Namangandonmahsulotlari» AJning sof aktiv, sof tushum va sof foyda ko‘rsatkichlari parabolik (kvadratik) nochiziqli regression modeli orqali 2024 yillargacha bo‘lgan prognoz parametrlarini ishlab chiqish taklifi keltirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 26 yanvar 04/1-06-90-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mintaqaviy bo‘limining 2021 yil 9 apreldagi 01-02/621-son ma’lumotnomalari). Taklifni amalga joriy etilishi aksiyadorlik jamiyatini boshqarish bilan bog‘liq turli masalalarni qabul qilish va muhokama qilish, investorlarning huquqlarini kengaytirish, xorijiy investorlarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan aksiyadorlik kompaniyasidagi ulushiga cheklovlar olib tashlash va axborot shaffofligini ta’minlagan;
 mintaqaviy moliya bozorini shakllantirish va rivojlantirishning davlat konsepsiyasini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 aprel PQ-4300-son «Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida va 2021-2023 yillarda Respublika kapital bozorini rivojlantirish dasturida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 26 yanvar 04/1-06-90-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mintaqaviy bo‘limining 2021 yil 9 apreldagi 01-02/621-son ma’lumotnomalari). 2021-2023 yillarda Respublika kapital bozorini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan;
muomalaga chiqarilgan moliyaviy mahsulotlar to‘g‘risida yagona axborot bazasi va emitentlar faoliyati haqida axborot berishga ixtisoslashgan agentlik tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 aprel PQ-4300-son «Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida va 2021-2023 yillarda Respublika kapital bozorini rivojlantirish dasturida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 26 yanvar 04/1-06-90-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mintaqaviy bo‘limining 2021 yil 9 apreldagi 01-02/621-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida moliya bozorini rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy mahsulotlar to‘g‘risida yagona axborot bazasi va emitentlar faoliyati haqida ixtisoslashtirilgan axborot berish bazxasi yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish