Irgasheva Sanobarxon Umarjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insulinrezistentlikning rivojlanishida sfingolipidlar va oksidativ stressning roli», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B63.
Ilmiy rahbar: Saatov Tal`at Saatovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Mukarram Jo‘raboevna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insulinrezistentlikning rivojlanishida sfingolipidlar va oksidativ stressning rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalamushlarda insulinrezistentlikning adekvat namunasi bo‘lgan alimentar semizlik modeli yaratilgan; 
mahalliy dorivor o‘simlik antioksidant vositalari yordamida eksperimental diabet hayvonlarda LPO/AOHT ko‘rsatkichlarida yuzaga kelgan o‘zgarishlarga ta’sir etishga harakat qilindi; 
alimentar semiz hayvonlarda sfingolipidlar metabolizmida o‘zgarish kuzatildi, IR va QD rivojlanishiga olib keluvchi erkin radikallar generatsiyasiga turtki bo‘luvchi proapoptotik agent seramid miqdori ortganligi aniqlandi; 
birinchi marta o‘zbek millatiga mansub 2-tur QD bemorlarda TNF-α geni G308A polimorf lokusi genotip va allellarining uchrash chastotalari aniqlandi.     2-tur QD bemorlarda GA genotipining uchrash chastotasining ortishi ushbu bemorlar qonida TNF-α sitokini miqdorining ortishi bilan korrelyasiyalanadi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Insulinrezistentlikning rivojlanishida sfingolipidlar va oksidativ stressning roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
BU VO Xanti-Mantiy avtonom okrugi – Yugri «Surgut davlat universiteti» «Innovatsionnie texnologii izvlecheniya, identifikatsii polifenolov dikorosov XMAO-Yugri i issledovanie ix geroprotektornix svoystv privozrast-assotsiirovannix zabolevaniyax na Severe» mavzusidagi loyihada flavonoidlarning antioksidant va gipoglikemik hususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetiining 2020 yil 10 noyabrdagi 04-22-165-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar yoshga xos kasalliklarda polifenollarning gepatoprotektor mexanizmlarini aniqlashga yordam bergan; 
Carthamus tinctorius o‘simligi gul ekstraktining antioksidant xususiyatini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalardan A-FA-2019-35 «Mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida immunotrop vositalar yaratish» fundamental loyihasida moddalarning antioksidantlik xususiyatlarini baholashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yildagi 30 iyundagi 4/1255-1351-son ma’lumotnomasi). Solishtirma tadqiqot natijalari yuqori antioksidant faollikka ega mahalliy o‘simlik xomashyosi polifenollari asosida olingan yangi komplekslarni aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish