Abdikamalova Aziza Baxtiyarovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Alyumosilikatlar va metallar polioksokationlari asosida interkalirlangan sistemalar sintezi va kolloid-kimyoviy xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/K112.
Ilmiy maslahatchi: Eshmetov Izzat Dusimbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusuv Miraxmat Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalil, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metallarning polioksokationlari va alyumosilikatlar asosida interkalirlangan sistemalarni sintez qilish va ularning kolloid-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyumosilikatlar va Fe polioksokationlari, shuningdek aralash Fe/Cu kationlari asosida interkalirlangan sistemalarni olish usullari ishlab chiqilgan;
interkalirlangan sistemalarning tekstur va fizik-kimyoviy hususiyatlariga polioksokationlar tarkibi, tuzilishi, va dastlabki alyumosilikatlar tabiatining ta’siri hamda alyumosilikatlarning kation-almashinuv sig‘imi interkalirlash jarayonining unumdorligiga bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
boyitilgan tabiiy alyumosilikatlarni Fe polioksokationlari bilan interkalirlash jarayonida alyumosilikatlarning anion almashinish sig‘imini oshirish imkoniyati aniqlangan bo‘lib, PO43– ionlari bo‘yicha adsorbsion sig‘im kuyidagicha 10-Fe/Cu-KR-1>10-Fe-KR-1>10-Fe/Cu-NIB-1>10-Fe-NIB-1>V4-Fe/Cu>V4-Fe>Fe-BK kamayishi adsorbentlarning solishtirma yuzasini va umumiy mikrog‘ovaklar miqdori kamayishi hisobiga ekanligi isbotlangan;
interkalirlangan alyumosilikatlarni termik ishlov berish (400-500°C) natijasida bentonitlar qatlamlararo masofasining 15,1-15,4 dan 13,5-14,0 Å gacha qisqarishi suv va benzol bug‘lariga nisbatan ularning adsorbsion faolligi pasayishiga olib kelishi aniqlangan;
suvli muhitda vodorod peroksid ishtirokidagi organik birikmalarning oksidlanish reaksiyalarida Fe-, Fe/Cu-interkalirlangan sistemalarning katalitik ta’sir mexanizmlari va kinetik qonuniyatlari aniqlangan;
interkalirlangan alyumosilikatlarning faolligi va barqarorligi bilan ularning tarkibi, pillarlash va sintez qilish sharoitlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
geterogen foto-Fenton tizimida azobo‘yoqlarni, fenol va uning gomologlari hamda neft mahsulotlarining katalitik oksidlash jarayoni uchun Fe va Fe/Cu-pillar gillarining samaradorligi hamda bu sistemada UB nurlarini va oksidlovchini qullash jarayon davomiyligini 10 martagacha qisqarishiga olib kelishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Alyumosilikatlar va metallar polioksokationlari yordamida modifikatsiyalab yuqori g‘ovakli materiallar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
interkalirlangan alyumosilikatlar yordamida oqava suvlarni metall ionlari, neft mahsulotlari va yog‘-moy moddalardan tozalash usullari «Karakalpak suu taminot» MChJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 16 iyundagi 02/18-1394-son ma’lumotnomasi). Natijada, alyumosilikatlar asosidagi adsorbentlar erdamida kanalizatsiya tarmoqlaridagi suvlarni metall ionlari va yog‘-moy moddalardan 90% unum bilan tozalash imkonini bergan;
interkalirlangan alyumosilikatlar yordamida oqava suvlarni buyoq moddalardan tozalashning 2 bosqichli texnologiyasi «BOSTON MEGA TEXTIL» MChJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 16 iyundagi 02/18-1394-son ma’lumotnomasi). Natijada, adsorbentlar va katalizatorlarni takroran ishlatish asosida mazkur sohadagi oqava suvlarni 95% dan ortiq darajada buyoq moddalardan tozalash imkonini beradi;
yuqori g‘ovakli adsorbentlarda kationli va anionli buyoqlar adsorbsiyasi mexanizmi va kinetik tavsiflari №PZ-2017091327 «Yuqori samarali mahalliy adsorbentlar yordamida sanoat (yog‘-moy va boshqalar) oqava suvlarini tozalashning innovatsion texnologiyasini ishlab chiqish» amaliy loyihasida adsorbatlar adsorbsiyasini qiyosiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 17 iyundagi 1779-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizik-kimyoviy tahlillar yordamida adsorbentlarda adsorbsion va katalitik jarayonlarning o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash usullarini takomillashtirish imkonini bergan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                