Xayitboeva Komila Xo‘jayazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diffuz – toksik bo‘qoqning (Greyvs kasalligi) diagnostikasi va davosini takomillashtirish» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib617.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Petunina Nina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, RFA muxbir-a’zosi; Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati aholisi orasida diffuz – toksik bo‘qoq uchrash sonini, kasallikning rivojlanishida xavf omillarni aniqlash, qabul qilayotgan davoga bog‘liq bemorlarning hayot sifatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diffuz – toksik bo‘qoqda qalqonsimon bez faoliyati ko‘rsatkichlari, ya’ni qonda tireotrop gormon, FT4, FT3, ATrTTG, TPOga antitela, shuningdek, bemorlarning ruhiy holati va hayot sifati ko‘rsatkichlarini baholash kabi sub’ektiv mezonlar bilan taqqoslanib ular orasida uzviy bog‘liqlik borligi isbotlangan;
diffuz – toksik bo‘qoq bemorlarda xirurgik davoni o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash va operatsiyadan keyingi levotiroksinli o‘rinbosuvchi davoni mos ravishda olib borish bemorlar hayot sifatining jismoniy va ruhiy tarkibiy qismlariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
diffuz – toksik bo‘qoq bilan og‘rigan bemorlarda birlamchi tizim hamda shifoxona sharoitida yurak qon-tomir kasalliklarini erta tashxislash va profilaktika bosqichlarini maqsadli amalga oshirish takomillashtirilgan;
diffuz – toksik bo‘qoq aniqlangan hamda asoratli va asoratsiz kechgan bemorlarning 6 yil muddatdagi kasallik tarixlari retrospektiv tahlil ko‘rsatkichlari orasidagi kasallik shakllarini davolashdagi ko‘rsatkichlari bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Diffuz – toksik bo‘qoqning tashxisi va davosini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida:
Greyvs kasalligini davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Greyvs kasalligini davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/687-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma diffuz – toksik bo‘qoqni aholi orasida erta aniqlash jihatlarini yaxshilash imkonini bergan; 
diffuz – toksik bo‘qoq kasalligini tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Urganch tuman tibbiyot birlashmasi va Xorazm viloyati endokrinologiya dispanserlarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyundagi 08-09/6562-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi diffuz – toksik bo‘qoq medikamentoz davosini takomillashtirish hisobiga bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarini ertaroq tiklanishi bilan reabilitatsiya davrini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish