Sabirmatov Alisher Abdikarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Peritonitni davolashda fotodinamik antibakterial terapiyaning samaradorligini eksperimental-klinik asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1578.
Ilmiy rahbar: Tursumetov Abdusattor Abdumalikovich, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Safoev Bakodur Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori;  Dautov Farxod Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: « I.I. Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish instituti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Antimikrob fotodianmik usulini ishlab chiqish va fotodinamik terapiyani peritonitlarda eksperimental sinab ko‘rish va klinikalarga kompleks davo uchun kiritish samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xaqiqatdan "VOSTOK-010203" apparati yordamida o‘tkazilgan antimikrob fotodinamik terapiya usuli in vitro va in vivo o‘tkazilgan tajribalarda peritonit uchun xos bo‘lgan patogen mikroorganizmlarga qarshi antibakterial samaradorligi isbotlangan;
metilen ko‘ki bilan o‘tkazilgan fotodinamik terapiyani eksperimental hayvonlarda qorin pardaning morfologik holatiga ta’siri aniqlangan;
eksperimental peritonit holatida fotodinamik terapiya yordamida qorin bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan, shuningdek, klinikada qorin bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish uchun fotodinamik terapiyadan foydalanish samaradorligi isbotlangan;
tarqalgan yiringli peritonitli bemorlarni davolashda metilen ko‘ki fotosensibilizatori (metilan ko‘ki konsentratsiyasi - 0,05%), ta’sir qilish vaqti (5-10 minut), nurlanish energiyasining zichligi (25-35 Dj/sm2) bilan fotodinamik sanatsiyasining optimal parametrlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tarqalgan peritonitda qorin bo‘shlig‘ining fotodinamik sanatsiyasi yordamida olingan ilmiy natijalarga asosida:
peritonitlarda fotodinamik sanatsiyasidan foydalanish orqali davolash samaradorligini oshirish imkoniyatlarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Metilen ko‘ki yordamida tarqalgan peritonit bilan qorin bo‘shlig‘ini fotodinamik sanatsiya qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 yanvardagi 8n-r/70-son ma’lumotnomasi). Natijada tarqalgan peritonit bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarining yaxshilanishiga, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamayishiga, kasalxonada yotish kuni o‘rtacha davomiyligini qisqarishiga va bemorlarning erta ijtimoiy va mehnat reabilitatsiyasiga yordam bergan;
eksperimentda va klinikada tarqalgan yiringli peritonitni davolash uchun fotodinamik terapiya usulidan foydalanish orqali olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Peritonitda fotodinamik terapiya qo‘llanilishini eksperimental-klinik asoslash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/505-son ma’lumotnomasi). Natijada tarqalgan yiringli peritonit bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan keyiingi davrni engil kechishi, bemorlar hayot sifati darajasini  oshirish va salomatlik holatini tiklash imkonini bergan; 
peritonitni davolashda fotodinamik antibakterial terapiyaning samaradorligini eksperimental-klinik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga, I.Ergashev nomli 4-sonli shahar klinik kasalxonasiga, Chirchiq tibbiyot birlashmasiga va Qibray tibbiyot birlashmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tarqalgan peritonit bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni kamaytirish, bemorlar hayot sifati darajasini oshirish va salomatlik holatini tiklashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish