Xoshimov Botirbek Sunnatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vohasining quyi qismi qoramollar paramfistomatozining epizootologiyasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish», 03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.(PhD)/V22.
Ilmiy Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashov Nurbek Ergashovich, veterinariya fanlari doktori; Nurullaev Alisher Abdullaevich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasining quyi qismi sharoitidagi qoramollarda paramfistomatozning epizootologik xususiyatlari, qo‘zg‘atuvchilarning tur tarkibi, parazitning oraliq xo‘jayinlarini aniqlash hamda kasallikni davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon vohasining quyi qismi sharoitida qoramollarda paramfistomatoz qo‘zg‘atuvchilarining tur tarkibi, epizootologik xususiyatlari va mavsumiy dinamikasi aniqlangan;
ilk bor Zarafshon vohasining quyi qismi sharoitida qoramollar orasida paramfistomatoz qo‘zg‘atuvchilarining uch turini – Colicophoron colicophorum, Liorchis scotiae va Gastrothylax crumenifer parazitlik qilishi aniqlangan;
paramfistomatoz qo‘zg‘atuvchilarining oraliq xo‘jayinlari hisoblangan planorbid oilasiga mansub mollyuskalarning parazit partenitlari bilan zararlanish muddatlari va bioekologik xususiyatlari aniqlangan;
tabiiy va laboratoriya sharoitlarda paramfistom tuxumlarining embrional taraqqiyotiga turli abiotik omillarning ta’siri aniqlangan; 
paramfistomatozga nosog‘lom xo‘jaliklarda qoramollar orasida ushbu kasallikni oldini olish va davolashning maqbul muddatlari va sog‘lomlashtirish kalendar rejasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon vohasining quyi qismi qoramollar paramfistomatozining epizootologiyasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Samarqand va Navoiy viloyatlari xo‘jaliklarida qoramollar paramfistomatozini davolash va oldini olish bo‘yicha veterinariya tadbirlari» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 10 martdagi 02/23-112-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarni paramfistomatozlar bilan kasallanishining oldini olish imkoniyati yaratilgan;
Samarqand va Navoiy viloyatlarining qoramolchilik xo‘jaliklari sharoitida paramfistomatozni davolash va oldini olish uchun Al`ben va Faskotsid tabletkalarini hamda Bendaz-10% eritmasini bir yilda ikki marta qo‘llash joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 10 martdagi 02/23-112-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarni paramfistomatoz bilan kasallanish darajasi 50 foizdan 75,0 foizgacha kamayishiga erishilgan, sarflangan 1 so‘m hisobiga 7 so‘m iqtisodiy foyda olingan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                