Ergashev Ilxom Olimjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Ko‘p ishlatilishi mumkin bo‘lgan arrali jin kolosnigini yasashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish”,
05.02.03–“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/T1606
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar Djuraevich texnika fanlari doktori professor, Sharipov Xayrullo Nu’monjonovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqot maqsadi paxtani dastlabki qayta ishlashning texnologiyasi talablariga javob beruvchi resurstejamkor, yangi ishlab chiqarish prinsiplari asosida takomillashgan arrali jinning almashinuvchi elementli yangi kolosnik konstruksiyasini yaratish hamda uning konstruktiv va texnologik parametrlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
arrali jin mashinasi uchun yangi konstruksiyadagi ko‘p ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamda minimal egiluvchan va deformatsiyalanuvchi xususiyatlarga  ega bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi kolosnik konstruksiyasi yaratilgan; 
yangi konstruksiyadagi kolosnikning ishchi qismiga o‘rnatiladigan almashinuvchi elementning ratsional konstruksiyasi va uni yasash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
almashinuvchi elementni kolosnikka o‘rnatishda kolosnikning egilishi va qoldiq deformatsiyasi minimal bo‘lgan tolani chigitdan ajratish texnologik jarayoni takomillashtirilgan;
ko‘p ishlatiladigan, resurs tejamkor kolosnik bilan jihozlangan arrali jinning energetik va fizik- mexanik ko‘rsatkichlari aniqlash uchun bog‘lanishlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Arrali jinning almashinuvchi elementli takomillashtirilgan kolosnik konstruksiyasini yaratish hamda uning konstruktiv va texnologik parametrlariga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
95 arrali jinning bir arraga ish unumdorligi 8DP-90 arrali jinga nisbatan 0,8 kg/arra tola soatga yoki 12,8% ga yuqori, jindan keyingi toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdori 0,23 (abs) % ga kamaygan, chigitning mexanik shikastlanishi 11,0 % ga va energiya sarfi 9,9 % ga kamayganligi aniqlangan, kelajakda ish unumdorligining oshishiga va energiya sarfining kamayishiga olib keluvchi jinlashning samarali texnologiyasini yaratish imkonini bergan.
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati Namangan viloyati “Mingbuloq paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti xodimlari ishtirokida 2020 yil fevral` – mart oylarida ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazildi va “Mingbuloq” korxonasining texnologik jarayoniga kolosnik panjarasi takomillashtirilgan 95 arrali jin ishchi kamerasi joriy qilingan (10.03.2020 y. Dalolatnomasi).
Ilmiy natijalar ko‘p ishlatilishi mumkin bo‘lgan arrali jin kolosnigini yasashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilishi, ya’ni uning ish unumdorligining oshishiga va energiya sarfining kamayishiga olib keluvchi jinlashning samarali texnologiyasini (“O‘zpaxtasanoat” AJ 30.07.2020 yildagi №03-18/2053-son ma’lumotnomasi) yaratish imkonini bergan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                