Yuldasheva Nargiza Ergashbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma otlarning funksional-pragmatik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil.903.
Ilmiy rahbar: Irisqulov Mirabbos Tursunovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ibroximxo‘jaev Ismoilxo‘ja Ibroximxo‘jaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi ikki, uch yoki undan ortiq o‘zaklardan tashkil topgan qo‘shma otlarning struktural-semantik va kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini tillararo chog‘ishtirishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida ikki, uch yoki undan ortiq o‘zakli qo‘shma otlar derivatsion modellarining leksikografik statistikasini aniqlash orqali ularning nutqda qo‘llanilishi, tarkibi, funksiyalari, komponentlari soni kabi aspektlardagi izomorfik va allomorfik jihatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma otlarni so‘z turkumlariga nisbatan struktural turlarga ajratish orqali N+N (ot+ot) derivatsion modelining sermahsulligi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda qo‘shma otlarning pragmatik jihatdan nutqiy aktni lokutiv, illokutiv va perlokutiv aspektlarda mazmun va referensiyani ifodalovchi vosita sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
qo‘shma otlarda adresant va adresatning shaxsiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlari, zamon va makon omillarini o‘zida aks ettirgan xolda muloqot vaziyatidagi (kontekst) inferensiya (natija)ni ifodalashi kabi lingvopragmatik jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma otlarning qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma otlarni so‘z turkumlariga nisbatan struktural turlarga ajratish va buning natijasida qo‘shma otlarning modellari ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanishi yuzasidan berilgan ilmiy va nazariy fikrlardan A-1-126 raqamli «Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 89-03-1849-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdan o‘rin olgan materiallar dunyo tilshunosligida til va nutq birliklarining milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdagi o‘ziga xosliklarni aniqlashda asos bo‘lgan;
ingliz va o‘zbek tillarida ikki, uch yoki undan ortiq o‘zakli qo‘shma otlarni turli lug‘at va badiiy adabiyotda qo‘llanilishi statistikasi, hamda izomorfik va allomorfik jihatlaridan olingan ilmiy-nazariy xulosalar 2016-2019 yillarda Evropa ittifoqining «Erasmus+» dasturi doirasida bajarilgan «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit magistratura dasturini ishlab chiqish» (Development of Master Programme in Renewable Energy Sources and Sustainable Environment 574055 EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP) mavzusidagi Xalqaro loyiha ishida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 89-03-1849-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar ingliz va o‘zbek xalqlari madaniyati, tili va an’analariga oid umumiy va xususiy nutqiy vaziyatlarni aniqlashtirishga, tarjima jarayonidagi leksik-semantik, kompozision, uslubiy va lingvomadaniy xuusiyatlarga oid muammolarni echishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shma otlarning struktur, semantik, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari, mazkur tillardagi qo‘shma otlar tarkibida mavjud munosabatlar va ularning turlari, ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma otlarning lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq qilishga oid ilmiy xulosalari bilan bog‘liq natijalari O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan A-1-2019 raqamli «Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida bakalavrlar (ingliz tili) uchun yaratilgan «Grammar» va «Speaking» o‘quv qo‘llanmalar mavzularini yoritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 89-03-1849-son ma’lumotnomasi). Natijalar talabalarga dars o‘tish maqsadida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari materiallarini boyitishda manba bo‘lib xizmat qilgan.