Egamberdieva Nigora Azadovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amudaryo havzasi hududlarining qadimgi madaniyati  (miloddan avvalgi VIII – milodiy IV asrlar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSs/Tar110.
Ilmiy rahbar: Ahmadali Asqarov, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor; Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari  doktori, professor; Eshov Baxodir Jo‘raevich, tarix fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amudaryo havzasi hududlaridagi qadimgi davr madaniyatining mil.avv. VIII–milodiy IV asrlarga oid davri tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Avesto”, Ossuriya, Eron, Yunon, Rim yozma manbalari asosida Baqtriya mil. avv. VIII asrda mustaqil, qudratli davlat bo‘lganligi, mil.avv. VI asrning boshlarida xorasmiylarning quyi Amudaryo hududiga janubdan ko‘chib kelganligi dalillangan; 
Baqtriya, Sug‘d va qadimgi Xorazmdagi ilk davlatlar ma’lum bir sun’iy sug‘orish tuzilmasi chegarasi asosida voha davlatchiligi sifatida vujudga kelganligi asoslanib, ularning mintaqaviy rivojlanish jarayonlari suv bilan ta’minlanganligiga bog‘liqligi  asoslangan;
Amudaryo havzasi hududlaridagi davlatlar ustidan axamoniylar  faqat siyosiy hukmronlik o‘rnatganligi, ularning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatmaganligi mintaqadagi arxeologik yodgorliklarning qurilish uslublari va moddiy manbalarga asoslanib dalillangan; 
Qadimgi Xorazm mil.avv. IV asrdan mil. IV asrgacha mustaqil davlat sifatida faoliyat yuritganligi bois, mazkur davlatga nisbatan “qang‘” va “kushon” davri atamalarini qo‘llash to‘g‘ri emasligi, buni Xorazmning mustaqil rivojlanish davri deb atash lozimligi asoslab berilgan;
Amudaryo havzasi hududlaridagi davlatlarning mahalliy boshqaruv tizimida demokratiya tamoyillari ustun xususiyatga ega bo‘lganligi, diniy bag‘rikenglik g‘oyasi va zardushtiylik diniy e’tiqodining turli yo‘nalishlari - Axuramazdaga, Mitraga, Anaxitaga e’tiqod mavjud bo‘lganligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amudaryo havzasi hududlarining qadimgi  madaniyati (miloddan avvalgi VIII – milodiy IV asrlar) ni tadqiq qilish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
“Avesto”, Ossuriya, Eron, Yunon, Rim yozma manbalari tahlili asosida Baqtriya mil. avv. VIII asrda mustaqil, qudratli davlat bo‘lganligi, mil.avv. VI asrning boshlarida xorasmiylarning quyi Amudaryo hududiga janubdan ko‘chib kelganligi oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2020 yil 24 sentyabrdagi 01–04–AYa/593/1- son ma’lumotnomasi). Natijada Madaniy meros departamenti ma’lumotlar bazasini boyitishda, targ‘ibotlarni kuchaytirishda va aholining tarixiy tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
Ahamoniylar Amudaryo havzasi hududlaridagi davlatlar ustidan faqat siyosiy hukmronlik o‘rnatganligi izohlanib, bu davrdagi iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatmaganligi, mintaqadagi arxeologik yodgorliklarning qurilish uslubi va ulardan topilgan moddiy manbalarning qiyosiy tahliliga  oid natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida va “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab” nomli ilmiy-ma’rifiy ekspedisiyasi uchun materiallar tayyorlashda foydalanilgan  (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 15 oktyabrdagi 03/07–875-son ma’lumotnomasi). Natijada Baqtriya, qadimgi Xorazm, Sug‘d davlatlari moddiy madaniyati, me’morchilik, shaharsozlik sohalarining rivojlanish jarayonlari, aholisining ijtimoiy turmush tarzi, davlat mafkurasi, uning jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan targ‘ibot materiallari tayyorlandi va bu ma’lumotlar yurtimiz aholisining tarixiy bilim, dunyoqarashini boyitishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Baqtriya, Sug‘d va qadimgi Xorazmdagi ilk davlatlar ma’lum bir sun’iy sug‘orish tuzilmasi chegarasi asosida voha davlatchiligi sifatida vujudga kelganligi asoslanib, ularning mintaqaviy rivojlanish jarayonlari suv bilan ta’minlaganligiga bog‘liqligi  bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Tarixiy savol”, “Ibtido”, “Mavzu” ko‘rsatuvlarida tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi va mazkur materiallardan ko‘rsatuvlar ssenariylarida foydalanildi (“O`zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 29 avgustdagi 01–40–790-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining tafakkurida tarixiy tafakkurining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Qadimgi Xorazm mil.avv. IV asrdan mil. IV asrgacha mustaqil davlat sifatida faoliyat yuritganligi, shu boisdan  mazkur davlatga nisbatan “qang‘” va “kushon” davri atamalari emas, balki Xorazmning mustaqil rivojlanish davri ekanligi to‘g‘risidagi tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Etnoglobus”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda (2014-2020 yillar davomida)  foydalanilgan (“O`zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 3 noyabrdagi 04–25–1028-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar ilk shaharlar tarixi, davlatchilikning shakllanish omillari, aholining turmush tarzi, qadimgi shaharlarning mudofaa tizimi elementlari turlari borasida olib borilgan tadqiqotlar, ularning bugungi kun uchun ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lgan. 
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                