Turopova Parizod Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jizzax adabiy muhitining taraqqiyot tamoyillari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil806.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Doniyarova Shoira Xursandovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umrzoq Abdurazzoqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Adizova Iqboloy Istamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr va istiqlol davri o‘zbek adabiyoti kontekstida Jizzax adabiy muhitining taraqqiyot tamoyillarini jizzaxlik ijodkorlar asarlari misolida oydinlashtirish hamda adabiy muxitning o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va mushtarak jihatlarini ochib berish, ijodkor badiiy olamini mahalliy kolorit bilan bog‘lab o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Shulmasmi”, “Qoch” radifli g‘azallar, “Vatan shulmasmi?”, “Vatanni sevsang”, “Omon asra” kabi she’riy asarlardagi g‘oyaviy-badiiy, ramziy-falsafiy talqinlar adabiy-estetik ideal kategoriyasining munojot, murojaat-da’vat, tavsif kabi transformatsiyalanish jarayonlari orqali ochib berilgan; 
voha adabiy muhitida mumtoz adabiy an’analar ta’sirida “Navoiyga baxshida”, “Darvesh Navoiy”, “Navoiydan baytlar o‘qing”, “Sog‘inch yoxud” singari she’rlarda diniy-tasavvufiy va falsafiy-ijtimoiy qarashlarning sintezlashuv jarayoni dalillangan;
XX asr hamda istiqlol davrida voha ijodkorlari yaratgan “Qaytmas to‘lqinlar”, “Faryod”, “Gulzor qishloq gulduraklari”, “Dala hovlidagi qotillik” kabi nasriy asarlar mahalliy va milliy koloriti, adiblarning qahramon xarakteri va portretini yaratishdagi badiiy mahorati aniqlangan;
Jizzax vohasi adabiy muhitining XX asr va istiqlol davrida shakllanishi va rivojlanishi Ibrohim Donish, Turob Maqsud, Abdulla Ahmad, Mehribon Abdurahmonova, Shahlo Ahrorova, Zuhra Mamadalieva, Zulfiya Bo‘rievalarning nazmiy va nasriy asarlari misolida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax adabiy muhitining taraqqiyot tamoyillari tadqiqi natijalari asosida:
Jizzax vohasi adabiy muhitining XX asr va istiqlol davrida shakllanishi va rivojlanishi Ibrohim Donish, Turob Maqsud, Abdulla Ahmad, Mehribon Abdurahmonova, Shahlo Ahrorova, Zuhra Mamadalieva, Zulfiya Bo‘rievalarning nazmiy va nasriy asarlari tahlillaridan F–1–FQ–055213 shifrli “Abdulla Qahhor dastxat–qo‘lyozmalari asosida asarlarining ilmiy-qiyosiy matnlarini tayyorlash va nashrga hozirlash” fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 8 martdagi 05-12-08-1895–son ma’lumotnomasi). Natijada “Abdulla Qahhor: shaxs va ijodkor” to‘plami yaratilishi va ijtimoiy davr va shaxs ma’naviyatining aks ettirilishi yangicha talqinlar bilan  boyitilishiga xizmat qilgan;
“Qoch” radifli g‘azal, “Vatan shulmasmi?”, “Vatanni sevsang”, “Omon asra” kabi she’riy asarlardagi g‘oyaviy-badiiy, ramziy-falsafiy talqinlarga doir xulosalardan OT–A1–46 “Adabiyotshunoslikning nazariy kurslari bo‘yicha o‘kuv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 20 noyabrdagi 39–01–04–2265 son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada badiiy asarda estetik ideal, idealning badiiy ijoddagi o‘rni borasida muayyan xulosalarga kelinishiga imkon bergan;
voha adabiy muhitida mumtoz adabiy an’analar ta’sirida “Navoiyga baxshida”, “Darvesh Navoiy”, “Navoiydan baytlar o‘qing”, “Sog‘inch yoxud” singari she’rlardagi diniy-tasavvufiy, falsafiy-ijtimoiy qarashlaridan A–1–118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 08-07-1399/s-4–son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha an’anaviylik va vorisiylikda jizzaxlik ijodkorlarning Alisher Navoiy an’analarini davom ettirganligi haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                