Insopov Abdug‘appor Abdusamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda davlat va nodavlat tashkilotlar ijtimoiy sherikligi (1991-2016 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar122.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Rahbarxon Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblamurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Djuraeva Nilufar Dalibaevna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki, ularning davlat bilan ijtimoiy sherikligini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bozor munosabatlariga o‘tish davrida vujudga kelgan nodavlat notijorat tashkilotlar respublika hayotida aholini ijtimoiy himoyasi, ilm-fan, madaniyat va san’at kabi sohalarni rivojlantirishda davlatga ko‘makchi bo‘lganligi asoslangan;
mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlari soni va sifati o‘zgarishi jarayonida ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokidagi funksional vazifalarining kengayishi demokratiyani qaror toptirishda asosiy  mexanizm sifatidagi mavqeyining ortishiga imkon yaratganligi isbotlangan;
nodavlat notijorat tashkilotlar ijtimoiy sherikligining muvaffaqiyatli amalga oshishiga to‘sqinlik qilgan uchta sektor (davlat, tijorat, notijorat) o‘rtasida huquqiy savodxonlikning to‘liq shakllanmaganligi, hududlardagi ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni to‘g‘ri baholamaslik kabilar nodavlat sektor faoliyati rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan; 
so‘nggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlarning aholining kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy sohadagi davlat harajatlarini kamaytirish ishlaridagi, aholi bandligini ta’minlashdagi ishtiroki ortib borayotganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda davlat va nodavlat tashkilotlarni ijtimoiy sherikligiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari qadimdan mavjud bo‘lib, mustaqillik yillarida ijtimoiy sheriklik umummilliy darajaga ko‘tarilganligi hamda ijtimoiy konsensus fenomeniga aylanganligi tarixiy evolyusiyasiga oid natijalardan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” tomonidan nodavlat tashkilotlarni faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2021 yil 12 yanvardagi 18/1-69-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi nodavlat tashkilotlari bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlarning tegishli qismlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari soni va sifati o‘zgarib, funksional vazifalar ortishi natijasida ilm-fan, ekologiya, aholi salomatligini saqlash, yosh avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklik samara berayotganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakul`teti 5120300 Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A120303 - Davlat boshqaruvi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv mutaxassisligi uchun DTS, malaka talablari va fan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi 89-03-4843-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda tegishli davrlar bo‘yicha mavzularni birlamchi manbalar asosida yoritib berishga imkon yaratgan;
davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sherikligi sust rivojlanganligi, ularni moliyalashtirishda asosan davlat subsidiyasi, davlat grantlari va davlatning ijtimoiy buyurtmalariga tayanilib, fuqarolar tashabbuslari uchun tegishli imtiyozlar mexanizmi yaratilmaganligi bilan bog‘liqligiga oid ilmiy natija va xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston» teleradiokanali» DUK qoshidagi «Oʻzbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston» teleradiokanali» DUK qoshidagi «Oʻzbekiston tarixi» telekanalining 2021 yil 16 fevraldagi 02-10-226-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda nodavlat notijorat tashkilotlarni tarixiy ildizlari, ushbu tashkilotlarning davlat bilan ijtimoiy sherikligi masalasida amalga oshirgan amaliy ishlari bilan bog‘liq tasavvurlarining kengayishiga xizmat qilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                