Farmonova Shabon Muxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped575.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha nazariy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion bosqichlari  loyihaviy ta’lim vositasida axloqiy bilim, shaxsiy-ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik mezonlarini amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan ichki darajalashini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish mazmuni va shakli interfaol yondashuv asosida kreativ, faollik, reflektiv, empatik hamda kasbiy kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik jihatdan yaxlit tizimi ishlab chiqilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirish asosida loyihaviy texnologiyaning «Ideal o‘qituvchi namunasi», «Kelajak maktabi o‘qituvchisi» ijtimoiy loyihalarini ta’lim jarayonlarida qo‘llash orqali rolli, ishbilarmonlik o‘yinlari, mustaqil faoliyatni tashkil etishning kontekstli-o‘yinli vaziyat usullari takomillashtirilgan;
loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantiruvchi kognitiv, hissiy, dunyoqarash, xulq-atvorga doir psixologik-pedagogik xususiyatlar hamda insonparvarlik, fuqarolik, kompetentlik shaxsiy ijtimoiy tajriba aloqadorligi empirik baholash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
loyihaviy ta’lim vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish kognitiv, hissiy, dunyoqarash, xulq-atvorga doir psixologik-pedagogik xususiyatlar asosida shaxsiy va kasbiy sifatlarni baholashga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 281-son buyrug‘ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini va g‘oyaviy bardoshliligini mustahkamlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3876-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha kasbiy faoliyatni tashkil etishning amaliy ahamiyatlilik darajasini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion bosqichlari  loyihaviy ta’lim vositasida axloqiy bilim, shaxsiy-ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik mezonlarini amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan ichki darajalashini asoslashga doir takliflardan «Pedagogik mahorat» fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3876-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirish hamda «Pedagogik mahorat» fanini o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish mantiqiy fikrlashi, kasbiy tafakkuri va motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan takliflardan «Pedagogik mahorat»  fanidan o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 martdagi 89-03-1128-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyatini rivojlantirish amaliyotga joriy etilishiga metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirish asosida loyihaviy texnologiyaning «Ideal o‘qituvchi namunasi», «Kelajak maktabi o‘qituvchisi» ijtimoiy loyihalarini ta’lim jarayonlarida qo‘llash orqali rolli, ishbilarmonlik o‘yinlari, mustaqil faoliyatni tashkil etishning kontekstli-o‘yinli vaziyat usullari 5111700-boshlang‘ich ta’lim, sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3876-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ madaniyati takomillashtirilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                