Toshpulatova Ma’muraxon Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped73.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Israilovna, pedagogika fanlari doktori; Divanova Muyassar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarlikni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi mezonlari (rag‘batlantiruvchi, kognitiv, jarayonli, integrativ) rivojlantirilgan va metodik tayyorgarligini belgilovchi darajalar (reproduktiv, produktiv, integrativ) takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan metodik ta’minot yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillash-tirishning konseptual, refleksiv, integrativ komponentlarini o‘z ichiga olgan mexanizm ishlab chiqilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligini takomillashtirishning axborot-kommunikatsiya hamda innovatsion-pedagogik texnologiyaga asoslangan o‘quv-metodik ta’minoti, mul`timediali elektron ta’lim resurslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirishga doir kompetensiyalar tizimi 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi bakalavriat davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan («O‘zstandart» agentligining 2013 yil 16 sentyabrdagi 387-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib, O‘zSt-2691.2013-son raqami bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan). Mazkur kompetensiyalar asosida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishi, amalda qo‘llay olishlarini rivojlantirish hamda matematika o‘qitish metodikasi fanining mazmunini takomillashtirib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodika-sini ishlab chiqish orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga imkon bergan;
tasdiqlangan metodika boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanmalar yaratish, nashr ettirish hamda darsliklarning mul`timediali ilovalarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishning 2014–2017 yillarga mo‘ljallangan rejasiga ko‘ra ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 6 dekabrdagi 01-02/1-7358-son ma’lumotnomasi). Metodikaning joriy etilishi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirishga, matematika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishlari, ijobiy munosabatlari va o‘quv faolligini oshirish, darslarni innovasion ko‘rinishlarda tashkil qilishga imkon yaratgan;
ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2012 yil 27 fevraldagi «Davlat idoralari va ta’lim muassasalarida axborot-kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirish masala-lari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘ini amalga oshirish 1-ilovasining 6-bandi, O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasi hamda O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-son Qarorining 1-ilovasi 60–62-band-larida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida yaratilgan ilg‘or pedagogik va mul`timedia ilovali metodik qo‘llanmalar joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 22 dekabrdagi №89-03-3775-son ma’lumotnomasi). Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish samaradorligiga erishish, o‘quv jarayonida talabalarning matematik-metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoni yaratilgan.