Olimov Temir Hasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyatini pedagogik loyihalashtirish tizimini rivojlantirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped32.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoza Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kenjaboev Abdusalim Erkaboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyatini pedagogik loyihalashtirish tizimini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyatining mul`timadaniyat, polietniklik, monomadaniyat polimadaniyat, madaniyatlararo dialog kabi dunyoviy g‘oyalari va genotsid, rasizm, fundamentalizm, radikalizm, diniy aqidaparastlik kabi buzg‘unchi g‘oyalari mazmunini loyihalash, hamkorlikda o‘qitish, keys-stadi singari ta’lim texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlikda muqobil qo‘llash doirasini kengaytirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyatini tarixiylik, ilmiylik va uzviylik kabi rivojlantirish tamoyillarining yaxlitligini pedagogik jarayonning tadqiqot-targ‘ibot, tahlil-tasnif, ta’lim-tarbiya bosqichlari orqali kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy, ma’naviy-ma’rifiy kabi shaxsiy sifatlarni tavsiflash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyatini pedagogik loyihalashtirish tizimi strategik rivojlantirishning ijtimoiy, kasbiy, refleksiv, akmeologik mezonlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida pedagogik jarayonning innovatsion-metodik texnologiyasi, uning eksperimental darajasi, mezonlari va axborot-metodik ta’minotini shakllantirish orqali “Fuqarolik madaniyatini shakllantirish” fanini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarida fuqarolik madaniyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik loyihalashtirish tizimi bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyatini strategik rivojlantirishning (ijtimoiy, kasbiy, refleksiv, akmeologik) mezonlari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan “511900 – Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2788-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, pedagogik mahorat, pedagogik psixologiya kabi fanlarini o‘qitish mazmuniga singdirilgan;
bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyatini rivojlantirish (tarixiylik, ilmiylik va uzviylik) tamoyillari yaxlitligi pedagogik jarayonning tadqiqot-targ‘ibot, tahlil-tasnif, ta’lim-tarbiya bosqichlariga tayanib, shaxsiy sifatlar (kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy, ma’naviy-ma’rifiy) tavsifi asosida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan AIF 2/20 raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” va №OT-F7-34 “Bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyati innovatsion jarayonlarini pedagogika fanida o‘rganishning ilmiy-pedagogik asoslari” mavzularidagi amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2788-son ma’lumotnomasi). Natijada “Fuqarolik madaniyatini shakllantirish” maxsus o‘quv kursi tashkil etilib, intellektual salohiyatli, vatanparvar, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga erishilgan;
oliy ta’lim tizmida pedagogik jarayonning innovatsion-metodik texnologiyasi, uning eksperimental darajasi, mezonlari va axborot-metodik ta’minotini shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda fuqarolik madaniyatini rivojlantirishda asosiy omillaridan biri ekanligi “511900 – Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan pedagogikaning turkum fanlarini o‘qitish jarayonida asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2788-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, pedagogik mahorat, pedagogik psixologiya kabi fanlarini o‘qitish mazmuni takomillashtirilgan va o‘qitish samaradorligiga erishilgan.