Norboeva Sarvinoz Mengalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish)”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1080.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03. 
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontekstli yondashuvga asoslangan holda shaxs rivojining sub’ektivligi, o‘quv-bilish faoliyatining individualligi, pedagogik-psixologik fanlarning potensial imkoniyatlari bilan bog‘liq omillarga ustuvorlik berish asosida talabalarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirishning kompensativ tavsifga ega o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini korreksiyalash, hayotiy maqsadlarini identifikatsiyalash kabi psixologik-pedagogik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
integrallashgan, mini kurslar mazmunini gorizontal va vertikal ko‘rinishda boyitish asosida o‘quv materiallarini konsentrlash tajribasining empiriklik darajasini kengaytirish orqali pedagogik-psixologik fanlarning talabalarda ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishga doir konstruktiv gnoseologik, pragmatik, sotsiotsentrik kabi aksiopedagogik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
talabalarda ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishning ob’ekt va sub’ektga doir, ijtimoiy maqsadga muvofiqlikni qat’iy belgilash orqali muloqotning ijtimoiy-perseptiv uslubini faollashtiruvchi o‘z-o‘zini anglash va individual rivojlanish traektoriyasini belgilab berishga imkon beruvchi muammoli, jadal ta’sir ko‘rsatuvchi, o‘z-o‘zini baholash bo‘yicha pedagogik vaziyatlar tizimi ishlab chiqilgan;
tayanch kompetensiyalarni pragmatik-struktur tahlil etish orqali ma’naviy kompetentlik shaxs integrativ xususiyati sifatida o‘zida ma’naviy bilimdonlik, ma’naviy qadriyatlar tizimida o‘z o‘rnini aniqlash imkoniyati va hayotiy vaziyatlarning keng doirasida ma’naviy etuklikni namoyon qilish qobiliyatini aks ettiruvchi subkompetentlik ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari: 
tayanch kompetensiyalarning pragmatik-struktur tahlil etish orqali asoslangan ma’naviy kompetentlikning shaxs integrativ xususiyati sifatida o‘zida ma’naviy bilimdonlik, ma’naviy qadriyatlar tizimida o‘z o‘rnini aniqlash imkoniyati va hayotiy vaziyatlarning keng doirasida ma’naviy etuklikni namoyon qilish qobiliyatini aks ettiruvchi subkompetentlik ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-529-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy kompetentlikka ustuvorlik berish asosida talabalarning umummadaniy va kasbiy kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
kontekstli yondashuv asosida shaxs rivojining sub’ektivligi, o‘quv-bilish faoliyatining individualligi, pedagogik-psixologik fanlarning potensial imkoniyatlari bilan bog‘liq omillarga ustuvorlik berish asosida talabalarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirish, integrallashgan va mini kurslar mazmunini gorizontal va vertikal strukturalash asosida o‘quv materiallarini boyitib borish tajribasini empiriklik darajasini kengaytirish orqali pedagogik-psixologik fanlarning talabalarda ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishga doir aksiologik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan 5A110901 – Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi uchun “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 531-008 raqamli guvohnoma). Natijada, magistrantlarning pedagogik fanlarning aksiologik imkoniyatlarini baholash, talabalarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslariga doir bilimlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
talabalarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirishga doir ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarni aniqlashtirish, ijtimoiy maqsadga muvofiqlikni qat’iy belgilash orqali muloqotning ijtimoiy-perseptiv uslubini faollashtiruvchi pedagogik vaziyatlar tizimidan OT-F1-36. “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2017-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-529-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar ma’naviyatini diagnostika qilishda muloqotning ijtimoiy-perseptiv uslubini faollashtiruvchi pedagogik vaziyatlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish