Kuchkinov Abdumalik Yuldashevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash texnologiyalari)». 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1534.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: [Turdiqulov Eshboy Otaqulovich], pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sherimat Avezov Matyakubovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash texnologiyalari mazmunini aniqlash va ularning metodik ta’minotini zamonaviy media vositalari orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida ekopedagogik ta’lim, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida ekologik tarbiyaga oid materiallar mazmunining didaktik hamda mediata’lim imkoniyatlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash mazmuni majmuaviy yondashuv (aniq bir maqsadga qaratilganlik, ijtimoiy-ekologik jarayonlar bilan bog‘liqlik, yaxlitlik, uzluksizlik, hamkorlik, jamoaviylik, shaxsiyat ijobiyligiga tabaqalashgan va yakka tartibda yondashish) asosida takomillashtirilgan, uning samaradorligini ta’minlaydigan texnologik tizim nazariy va amaliy jihatdan asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash samaradorligini ta’minlashga oid ekopedagogik tayanch kompetensiyalarini Autoplay media studio, iSpring QuizMaker dasturida rivojlantirish usullari hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida ekoolam Web-saytidan foydalanish metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ekologik savodxonlik, madaniyati, iqtisodiy, ijtimoiy jarayoniga oddiydan murakkabga, uzviylik va uzluksizlik, ekopedagogik kabi ekologik ta’lim berish texnologiyalarini loyihalashtirishga kompleks (majmuaviy) yondashuv tamoyillari belgilangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ekologik tarbiyalash texnologiyalari hamda ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ekologik ta’lim berish texnologiyalarini loyihalashtirishga kompleks yondashuv tamoyillari va ekologik tarbiyaga oid materiallar mazmuni axloqiy-ma’naviy qadriyatlarga ustuvorlik berish asosidagi taklif va tavsiyalar A7-XT-1-29687 – “O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondoshuvlar” (2012-2014 yy.) nomli ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2599-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash mazmuni va uning uslubiy imkoniyatlari takomillashgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash mazmuni majmuaviy yondashuv (aniq bir maqsadga qaratilganlik, ijtimoiy-ekologik jarayonlar bilan bog‘liqlik, yaxlitlik, uzluksizlik, hamkorlik, jamoaviylik, shaxsiyat ijobiyligiga tabaqalashgan va yakka tartibda yondashish) asosida takomillashtirilgan, uning samaradorligini ta’minlaydigan texnologik tizim nazariy va amaliy jihatdan asoslanganligi haqidagi takliflar I1-XT-1-10748 – “Maktabdan tashqari ta’lim jarayonida o‘quvchilarda barqaror ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha didaktik majmuani joriy etish” (2013-2014 yy.) nomli ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2599-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash mazmuni majmuaviy yondashuv asosida samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash samaradorligini ta’minlashga oid ekopedagogik tayanch kompetensiyalarini Autoplay media studio, iSpring QuizMaker dasturida rivojlantirish usullari hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida ekoolam Web-saytidan foydalanish metodikasini ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalar ekoolam veb-saytida hamda “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiatni e’zozlash ruhida tarbiyalash” nomli elektron o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2020 yil 22 dekabrdagi 01/11-03/6-1560-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda darsdan tashqari ekologik ta’limga oid o‘quv mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligi  oshgan. 
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                