Rajabov Zakir Pulatovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyatining ekstremal tuproq-iqlim sharoitlariga mos istiqbolli “Xurma” g‘o‘za navini yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: : B2020.4.PhD/Qx661.
Ilmiy rahbar: Azimov Abdulaxat Abdujabborovich, biologiya fanlari doktori.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning “Xurma” navi (№ NAR 00261). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 19 yanvardagi 01-11/89-sonli xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning G.hirsutum L. turichi shakllarini juft duragaylash uslubi bilan ajratib olingan populyasiyalarda olib borilgan maqsadli qayta tanlash yo‘li orqali yaratilgan seleksion ashyolarni morfoxo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining avlodlarda shakllanishi, barqarorlashuvi hamda saqlanishi jarayonlarini o‘rganish asosida yangi nav va tizmalar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor G.hirsutum L. turiga mansub geografik uzoq navlarni chatishtirish orqali ekstremal tuproq-iqlim sharoitiga mos, shuningdek, tolasi sifati hamda chiqimi yuqori bo‘lgan yangi tizmalar yaratilib, boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilgan;
seleksion urug‘chilik ishlari natijasida g‘o‘zaning yangi navi populyasiyasi fenotipik barqarorlashtirilgan;
urug‘lik chigiti sifat ko‘rsatkichlari - O’zDSt 633:2006; morfoxo‘jalik belgilari sofligi - O’zDSt 1110:2006 va tolasining sifat ko‘rsatkichlari - O’zDSt 604:2001 talablariga javob beradigan darajaga keltirilgan;
g‘o‘zaning L-15 tizmasi asosida Xorazm viloyatining ekstremal tuproq-iqlim sharoitiga mos, tola sifati va tola chiqimi yuqori bo‘lgan yangi “Xurma” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatining ekstremal tuproq-iqlim sharoitlariga mos istiqbolli g‘o‘za navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
Xorazm viloyatining ekstremal sharoitlariga mos istiqbolli “Xurma” g‘o‘za navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan NAR 00261 raqamli patenti olingan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son qarori asosida tijoratlashtirlishi lozim bo‘lgan ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi 02/020-1323-son ma’lumotnomasi). Natijada navning hudud ekstremal sharoitlarga mosligi, qo‘shqator usulda ekish uchun ixcham tupga egaligi, tola sifati mayinligi va nazorat naviga nisbatan 3,0-3,5 s/ga yuqori hosildorligi bois Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun istiqbolli navlar ro‘yxatiga kiritilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 67-son buyrug‘iga asosan PSUEAITI Xorazm ilmiy tajriba stansiyasining tajriba xo‘jaligi maydonlarida g‘o‘zaning “Xurma” navining urug‘lik materiallarini ko‘paytirish uchun 10 gektar maydonga ekilgan  (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi 02/020-1323-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 36,2 sentner hosil olingan;
“Xurma” navi 2019 yilda Urganch tumanidagi “Farrux” fermer xo‘jaligida 12,3 gektar, 2020 yilda 8,2 gektar maydonga ekilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi 02/020-1323-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 2019 yil gektaridan 39,3 sentner, 2020 yilda 38,9 sentner hosil olingan;
2019 yilda Xonqa tumanidagi “Solay Yakubov” urug‘larni dastlabki ko‘paytirish elita urug‘chilik fermer xo‘jaligida 3,1 gektar, 2020 yilda 3,5 gektar maydonga ekilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi № 02/020-1323-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 2019 yil gektaridan 38,7 sentner, 2020 yilda 39,0 sentner hosil olingan;
2019 yilda Xiva tumanidagi “Xiva Hurmat” fermer xo‘jaligining 3,6 gektar, 2020 yilda 3,3 gektar er maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi 02/020-1323-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 38,7 sentner hosil olinib, iqtisodiy samaradorlik gektariga 1,75 mln so‘mni tashkil etgan;
G‘o‘zaning “Xurma” navi Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun istiqbolli navlar ro‘yxatiga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi № 02/020-1323-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navning hosildorligi nazorat “Xorazm-127” g‘o‘za naviga nisbatan 3,0-3,5 s/ga yuqori, tola sifati mayinligi isbotlangan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                