Yuldashev Sodiq Norchaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi ta’labalarini kreativ yondashuv asosida texnologik ta’limga tayyorlash metodikasi”,13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.3.PhD/Ped1841
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar:Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini texnologik ta’limni o‘qitishda kreativ yondashuvga o‘rgatish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi talabalarida yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, kashfiyotchilik layoqatini shakllantirishning erudusion omili hamda kreativlikni shakllantirishda eksplisit (aniq, ko‘rish, eshitish, his qilish) va implisit (yashirin) idrokni rivojlantirish birlamchi vositasi ekanligi texnologiya ta’limiga kreativ yondashuv modeli asosida ochib berilgan;
talabalarni “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” fani ta’limida kreativ yondashuv faoliyatiga tayyorlashda pedagogik faoliyatining ijodiy manbai va samarali kasbiy moslashuv komponentlari (protsessual, intensiv va shaxsiy) amaliy, hikoyalashtirish, sahnalashtirish kabi integrativ mashg‘ulotlar asosida takomillashtirilgan;
talabalarda texnologiya ta’limini o‘qitishga kreativ yondashuvni rivojlantirish og‘zaki-mantiqiy va emotsional-majoziy fikrlashning kombinatsiyasi, ijodkorlikning kognitiv va shaxsiy-motivatsion jihatlarini rivojlantirish vitagenlik tajribasidan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ kompetentligi ijodiy tafakkurning tarkibiy tuzilmalari (kognitiv, motivatsion, faoliyatga asoslangan va aks ettiruvchi) yangi muammolarni aniqlash, muammolarning o‘ziga xos echimlarini topish va amalda qo‘llash qobiliyatida namoyon bo‘ladigan shaxsning kreativ va integral dinamik xususiyati bilan aloqadorligi asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi talabalarini texnologik ta’limda kreativ yondashuvga tayyorlash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitish jarayonida talabalarning kreativ kompetentligi ijodiy tafakkurning tarkibiy tuzilmasi (kognitiv, motivatsion, faoliyatga asoslangan va aks ettiruvchi) yangi muammolarni aniqlash, muammolarning o‘ziga xos echimlarini topish va amalda qo‘llash qobiliyatida namoyon bo‘ladigan shaxsning kreativ va integral dinamik xususiyati bilan alaqadorligiga oid xulosalaridan ITD–1. A–1–173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2577-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni ijodiy kommunikatsion muloqotga kirisha olish, qadriyatli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
texnologiya ta’limiga kreativ yondashuv modeli boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi talabalarida yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, kashfiyotchilik layoqatini shakllantirishning erudusion omili hamda kreativlikni shakllantirishda eksplisit (aniq; ko‘rish, eshitish, his qilish) va implisit (yashirin) idrokni rivojlantirish hamda “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” fani ta’limiga kreativ yondashuv faoliyatiga tayyorlashda integrativ mashg‘ulotlar asosida sohaga doir pedagogik muammolar va ularning echimini vizuallashtirish va innovatsion ta’lim metodlarini amaliyot jarayonida tizimli qo‘llashga doir tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi talabalarini texnologik ta’limga kreativ yondashuvga tayyorlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 23-son buyrug‘i, №522-093). Natijada boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi talabalarining texnologik ta’lim berish jarayoniga ijodiy-kreativ yondashish va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda texnologiya ta’limini o‘qitishga kreativ yondashuvni rivojlantirish og‘zaki-mantiqiy va emotsional-majoziy fikrlashning kombinatsiyasi, intuitivlikni, tasavvurni va assotsiativ aloqalarni faollashtirish, shaxsiy ehtiyojlar va qadriyatlar bilan o‘zaro bog‘liqlik, ijodkorlikning kognitiv va shaxsiy-motivatsion jihatlarini rivojlantirish talabaning vitagenlik tajribasidan foydalanish asosidagi tavsiyalaridan “AIF” 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasi, A-1-141 “OTM pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli web texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2577-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi talabalarining integrativ bilimlardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirishga xizmat qilgan.